Magnezial bog‘lovchilar asosida ksilolit va fibrolit buyumlari
tayyorlanadi.
Ksilolit
magnezial bog‘lovchining magniy xlorid
eritmasidagi qorishma
bilan yog‘och qipiqlarni aralashtirib qotishi natijasida hosil bo‘ladigan sun’iy
kompozitsion materialdir. Ksilolit tarkibiga xossalarini yaxshilash uchun talk,
asbest, kvars, qum va bo‘yoqlar kiritiladi.
Ksilolitning o‘rtacha zichligi 1000-1200 kgm
3
,
siqilishga mustahkamligi
30-40 MPa, issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti o‘rtacha
0,3 Vt (m
0.
S).
Ksilolit asosida choksiz pollar tayyorlanadi. Ksilolit qorishmasi bevosita
ishlatiladigan joyda tayyorlanadi va avvaldan hosil qilingan asosga yotqiziladi,
tekislanadi va titratish usulida zichlashtiriladi.
Ksilolit pollar issiqlik va
tovushni yutadi, edirilish va dinamik kuchlanishlarga qarshilik ko‘rsatadi. Ular
nam va suvli muhitlar va shu kabi binolarda ishlatiladi.
Ksilolitdan presslash texnologiyasi asosida kvadrat va olti burchakli
plitkalar, deraza tokchalari va boshqa to‘suvchi buyumlar tayyorlash mumkin.
Ksilolit buyumlar yuzasi marmar, malaxit va boshqa manzarali qatlamlar hosil
qilish uchun bo‘yaladi.
Fibrolit
magnezial bog‘lovchilar yog‘och payraxasi (yoki jundan)
aralashmasini qoliplab, qotirib olingan issiqlik izolyasiyasi materialidir.
Fibrolit
plitalari binolarning devor, ora yopmalari,
pol osti qismini issiq-
sovuqdan izolyasiyalash va pardadevorlar barpo qilish uchun ishlatiladi.
Fibrolitning asosiy xossalari va ishlatilish sohalari 14 bobda batafsil berilgan.
Dostları ilə paylaş: