”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua


Asbotsement buyumlar ishlab chiqarish quyuvchi mashina sxemasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

 Asbotsement buyumlar ishlab chiqarish quyuvchi mashina sxemasi 
1- metall vanna; 2- asbotsement massa uzatuvchi tarnov; 3- konveyer 
lentasi; 4- siquvchi val; 5- asbotsement massa qatlami; 6- vakuum quticha; 7- 
formatli baraban; 8- etakchi- val; 9- tortuvchi valik; 10- metall to‘r tortilgan 
baraban.
Asbotsement buyumlarning qotishi
ikki bosqichdan iborat: zavod 
xududida 
transportirovkalash 
uchun 
etarli 
bo‘lgan 
dastlabki 
mustahkamlikgacha qotirish va markadagi mustahkamlikgacha qotirish.
Qoliplangan buyumlar normal sharoitda 6-8 s davomida saqlangach
bug‘lash kameralarida 50-60
0
S haroratda 12-13 s davomida issiqlik bilan 
ishlov beriladi.
Quvursimon va shu kabi buyumlar dastlabki qotishi suvli basseynlarda 
20
0
S kam bo‘lmagan haroratda 3-8 sut. davom etadi.
Portladsement asosidagi buyumlar iliq omborxonalarda normal sharoitda 
kamida 7 sut davomida qotishi oxiriga etkaziladi. Kvars kukunli sement 
asosidagi buyumlar qotishi avtoklavlarda 0,8 MPa bug‘ bosimi ostida va 172-
174
0
S haroratda 12-16 s davomida oxiriga etkaziladi.


Mexanik ishlov berish
operatsiyasi buyumlarning dastlabki yoki yakuniy 
qotish jarayonlaridan keyin amalga oshiriladi: listlar burchak qirralarini kesish, 
quvurlar yon tomonlarini kesish, bosimli quvurlar yon tomoniga faskalar 
ochish va boshqalar.
Asbotsement buyumlarning turlari
Asbotsement buyumlarning asosiy turlariga tombop, devorbop, bezak, 
pogonajli quvurlar va maxsus buyumlar kiradi.
Tombop buyumlar.
Tombop asbotsement buyumlarga quyidagilar 
kiradi: turli profildagi to‘lqinsimon listlar va ular uchun fason qismlar, yirik 
o‘lchamdagi yopma yassi plitalar, armaturalangan konstruktiv yopma (nastil), 
ekstruziya usulida tayyorlangan panellar, kam qavatli binolar uchun tombop 
plitkalar va boshqalar.
To‘lqinsimon profillangan listlar (9.8, a-rasm) oddiy, o‘rtacha, Yuqori va 
unifitsirlangan profillarda tayyorlanadi. Profillangan listlar uzunligi 1200-3300 
mm, to‘lqin qadami 115-350 mm bo‘ladi. Buyumning massasi 9-98 kg, 
egilishdagi mustahkamlik chegarasi esa 16-24 MPa ni tashkil qiladi.
Hozirgi vaqtda profillangan listlar 1750 mm uzunlikda, 400150 va 
540200-6 (to‘lqin balandligi to‘lqin uzunligi-qalinligi) tiplarda turarjoy va 
qishloq xo‘jaligi binolari tomlarini yopish uchun; 540200-7,5 tipi esa sanoat va 
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish bino va inshootlari tomlarini yopish uchun 
ishlab chiqarilmoqda. Uzunligi 1250mm, 300130 va 400150 tiplardagi 
to‘lqinsimon listlar kam qavatli va xususiy binolar qurilishida tombop material 
sifatida ishlatilmoqda. Sanoat binolarini yopish uchun uzunligi 3300 mm, 
1450350 tipdagi VK listlari ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.
Profillangan asbotsement listlar asosida tomlarni yopishda butlash uchun 
fason detallari-to‘lqinsimon konkali, soddalashtirilgan konkali, o‘tuvchi va 
burchakli ishlab chiqariladi.
Yirik o‘lchamli yassi listlar uzunligi 2000-3600mm, eni 1200-1500 mm, 
qalinligi 4-12 mm xolda tayyorlanadi.
Armaturalangan konstruktiv yopma (nastil) (9.8,b-rasm) 9m proletli qishloq 
xo‘jaligi ishlab chiqarish binolarini yopishda ishlatiladi. Po‘lat armatura 
konstruksiyaning cho‘ziluvchi zonasiga qo‘yiladi. Kuchaytirish uchun 
ko‘ndalang kesimi to‘g‘ri burchakli polosalar yoki yirik po‘lat sterjenlar 
ishlatiladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin