”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua


Asbotsement buyumlar ishlab chiqarish texnologiyasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

Asbotsement buyumlar ishlab chiqarish texnologiyasi 
Asbotsement buyumlar xo‘l, yarim quruq va quruq usullarda ishlab 
chiqariladi. Xo‘l usulda buyum tarkibida 8-16% asbest va sement va 92-84% 
suv bo‘lgan suspenziyasini qoliplab olinadi. Yarim quruq usulda buyum 
tarkibida 20-40% suv bo‘lgan qaymoqsimon massani qoliplab tayyorlanadi. 
Quruq usulda buyum tarkibida 12-16% suv bo‘lgan asbotsement massasini 
qoliplab olinadi.
Asbotsement 
buyumlar 
ishlab 
chiqarish 
texnologiyasi 
quyidagi 
operatsiyalardan iborat: asbest shixtasini tayyorlash, asbestni ezib hurpaytirish, 
sement va asbest va suv aralashmasini tayyorlash, buyumni qoliplash, qotirish, 
mexanik ishlov berish.


Asbest shixtasi
bir-necha navli asbestlarni optimal zichlikdagi, suv 
ushlashlik xususiyati Yuqori bo‘lgan massa hosil qilish uchun tayyorlanadi.
Asbestni xurpaytirish
ikki bosqichda amalga oshiriladi: begun yoki 
valikli mashinalarda ezg‘ilash, so‘ngra ezilgan asbestni gollenderlar yoki 
gidromexanik uskunalar vositasida xurpaytirish. Yarim quruq va quruq 
usullarda asbest dezintegratorlar yordamida xurpaytirilishi mumkin.
Asbotsement qorishmasini tayyorlash
buyumlar ishlab chiqarish 
usullariga ko‘ra turli uskunalarda amalga oshiriladi.
Asbotsement 
suspenziyasi 
gollenderlar 
yoki 
turboqorgichlarda 
tayyorlanadi. Bunda gidravlik usulda xurpaytirilgan asbest suspenziyasi, 
sement va qo‘shimcha suv (97-86% suv suspenziya tarkibida) birgalikda 
aralashtiriladi. Yarim quruq usullarda asbotsement qorishmalar ikki bosqichda 
aralashtirib olinadi: avval quruq komponentlar qorgichida, keyin davriy 
ishlaydigan betonqorgichda suv qo‘shib tayyorlanadi.
Buyumlarni qoliplash asbotsement massa tarkibidagi ortiqcha suvni 
zichlashtirib chiqarib yuborish va buyumga zaruriy shakl va o‘lcham berishdan 
iboratdir. Ho‘l usulda listli buyumlar tayyorlash silindrsimon plastik 
asbotsement yarimfabrikatlarni dumaloq turli mashinalarda olinib, so‘ngra 
press yoki to‘lqin hosil qiluvchi moslamalar vositasida presslab yoki to‘lqin 
berilib amalga oshiriladi .

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin