”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

Tombop asbotsement buyumlar
a) oddiy profilli to‘lqinsimon list; b) armaturalangan konstruktiv yopma 
(nastil).


Ekstruziya usulida tayyorlangan asbotsement panellar cherdaksiz sanoat 
binolari tomlarini yopish uchun ishlab chiqariladi. Bunday panellar ustidan 
tom o‘rama gidroizolyasiya materiallari bilan qoplanadi.
Balandligi 120-180 mm panellar tom qoplamalarida, balandligi 80 mm 
ligi esa osma shiplar uchun ishlatiladi. Panellar eni 595 mm (asosiy) va 295 
mm (yordamchi) qilib ishlab chiqariladi.
Cherdaksiz yopmalar uchun panellar ikki turda tayyorlanadi:korobka 
tipida, ichiga issiqlik izolyasiyasi qatlami qo‘yilgan alohida yassi va 
to‘lqinsimon listlardan yig‘ilgan uch qatlamli panellar. Ishlatilish joyiga ko‘ra 
panellar ikki tipga bo‘linadi: oddiy qatorga teriladigan AP va burchaklarga 
teriladigan APK. Plitalar uzunligi 1500-3000 mm, eni AP700 mm, APK-347 
mm, balandligi 120 mm.
Tombop asbotsement yassi plitkalar (9.9-rasm) kam qavatli qishloq 
xo‘jalik binolari va xususiy qurilish uchun mo‘ljallangan. O‘lchami 400x400 
mm li plitka ko‘proq ishlatiladi. Plitkalar tomga yaxlit yoki oraliq masofa 
qoldirib o‘rnatilgan yog‘och obreshetka (panjara) ustiga zanglamaydigan 
mixlar bilan qoqiladi. Asbotsement plitkaning egilishdagi mustahkamligi 24 
MPa, sovuqqa chidamliligi bo‘yicha markasi /50 bo‘ladi.
 Tombop asbotsement plitkalar 
a) oddiy (qatorli); b) burchakli; v) konkali detal.
Devorbop buyumlar. 
Asbotsement asosida quyidagi devorbop buyumlar 
tayyorlanadi: to‘lqinsimon listlar, yirik o‘lchamli yassi listlar, ekstruziya 
usulida olingan plita va panellar, yog‘och va asbotsement karkas asosidagi 
tashqi devor panellari.
To‘lqinsimon 
listlar 
isitilmaydigan 
sanoat 
binolari 
devor 
konstruksiyalarini barpo etishda ishlatiladi. Ular uzunligi odatda 2,5 m bo‘ladi 
va profili bo‘yicha 400150 va 510177 (o‘rtacha Evropa profili) turlarga 
bo‘linadi.
Yirik o‘lchamli listlar uzunligi 200-300 mm, eni 1200-1500 mm, qalinligi 
4-12 mm asbotsement buyumlar kiradi. Ular o‘rtasiga issiqlik izolyasiyasi 
materiali qo‘yilgan uch qatlamli panellar va pardadevor konstruksiyalar 
tayyorlashda ishlatiladi.


Ektruzion panel va plitalar uzunligi 6 m gacha, eni 750 mm gacha va 
balandligi 60-180 mm o‘lchamlardagi devorbop konstruksiya va pardadevor 
sifatida ishlatiladi. Ular issiqlik izolyasiyasi materiali (yarim bikr mineral 
paxta plitalar) bilan ta’minlangan va bo‘shliqli holda tayyorlanishi mumkin 
(9.10-rasm).

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin