”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua


Asbotsement xom ashyo materiallari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

 
Asbotsement xom ashyo materiallari
 
Portlandsement. 
Asbotsement buyumlar ishlab chiqarishda M400 va
M500 markali portlandsement, bezak materiallar olishda oq va rangli 
sementlar, buyumlar avtoklavda ishlov berilganda portlandsement va kvars 
kukuni aralashmasi ishlatiladi. Buyum tayyorlashda alitli sementlarni ishlatish 
maqsadga muvofiqdir. Sement tarkibida uch kalsiyli silikat 52% kam 
bo‘lmasligi uch kalsiyli alyuminat 8% ko‘p bo‘lmasligi kerak. Sementning 
maydalik darajasi 2900-3200 sm
2
disperslikda bo‘lishi zarur. Qum kukunli 
portlandsement, portlandsement klinkeri, kvars qumi (45% gacha) va gips 
aralashmasini kukun holatigacha maydalab tayyorlanadi.
Qum kukunli portlandsement bog‘lovchisining maydalik darajasi 
32003600 sm
2k
g bo‘lishi kerak. Sement tarkibida tez eriydigan ishqorlar 
miqdori 0,3% oshmasligi shart.
Asbest.
Asbest tabiiy tolasimon material bo‘lib, suvli va suvsiz magniy 
silikati, ba’zi turlarida kalsiy silikati va natriy silikatidan iborat bo‘ladi.
Asbotsement 
materiallar 
ishlab 
chiqarishda 
xrizotil-asbest 
(3 
MgO
.
2SiO
2
x2H
2
O) ishlatiladi. Asbestning bu turi umumiy asbest ishlab 
chiqarishning 95% tashkil qiladi. Asbest tolasining diametri 1 mkm, lekin 
asbest toshi gidromexanik usulda ezg‘ilanganda o‘rtacha 0,02 mm tolalari hosil 
bo‘ladi. Asbest tolalari 600-800 MPa mustahkamlikka, egiluvchanlik 
xususiyatlariga ega. Sement toshi tarkibiga 10-20% asbest tolalari kiritilsa, 
uning egilishidagi cho‘zilish mustahkamligi 3-5 marta Yuqori bo‘ladi va 
zarbiy mustahkamligi oshadi.
Asbest 8 navda (0 dan 7 gacha) va 42 markada tovar holida ishlab 
chiqariladi. Yuqori navli asbestlarning tolasi uzun bo‘ladi. Asbotsement 
buyumlar ishlab chiqarishda qisqa tolali asbest-3,4,5 va 6 navli, tola uzunligi 
0,3-10mm bo‘lgan turlari ishlatiladi.
Asbotsement buyumlar olishda asbest (10-15%), qisman bazalt shisha 
yoki shlak mineral paxtasi bilan almashtiriladi. Xususiy hollarda nebelenli 
sellyuloza, ikkilamchi kraft-sellyuloza, qog‘oz makulaturasi, yog‘och tolasi va 
boshqa sintetik tolalar ishlatilishi mumkin.
Suv.
Asbotsement ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan suv tarkibida organiq 
moddalar, loysimon aralashmalar, tuz eritmalari bo‘lmasligi kerak.
Sizot, botqoq, dengiz suvlarini ishlatish mumkin emas.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin