11-MAVZU:BITUM VA QATRON ASOSIDAGI MATERIALLAR .
BITUM VA QATRONBOG’LOVCHILAR VA ULAR ASOSIDAGI
MATERIALLAR.TOMBOB MATERIALLAR
1 Umumiy ma’lumotlar
Bitumli va qatronli bog‘lovchilar bino va inshootlar qurilishida qadimdan
ishlatib kelingan. Tabiiy bitum va qatronlar binolarning yer osti qismini,
yog‘och konstruksiyalarni gidroizolyasiya qilishda, bandargohlar inshootlarini
dengiz sho‘r suvlaridan himoyalashda va boshqa joylarda ishlatilgan.
Bunday
bog‘lovchilar ishlatilgan joylar Misr, Vavilon,
Gretsiya, Markaziy Osiyo
qadimgi shaharlarida arxeologlar tomonidan topilgan. XIX asr o‘rtalaridan
boshlab neft qazib
chiqarish rivojlangach, neft bitumlari olish va ular asosida
turli qurilish materiallari ishlab chiqarish kengaygan.
Bitumli materiallarga tabiiy bitumlar, asfalt jinslari, neft (sun’iy) bitumlari
va gudron kiradi.
Tabiiy bitumlar
-qovushoq suyuqlik yoki qattiq moddalar bo‘lib,
uglevodorod birikmalari va nometall hosilalar aralashmalaridan iboratdir.
Tabiiy
bitumlar
neftni
yer
qatlamlarida
tabiiy
oksidlanishi
(polimerlanishi) natijasida hosil bo‘lgan; rangi qora yoki to‘q
jigar rang
bo‘ladi. Ular neft konlari atrofida toza holda yer osti ko‘llari va linzalari
sifatida hamda ko‘p xollarda cho‘kindi tog‘ jinslariga (ohaktoshlar,
qumtoshlar) shimilgan holatda uchraydi. Tabiiy
bitum kamchil va narxi
qimmat bo‘lgani uchun qurilishda bitum loklari sifatida ishlatilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: