2 Bitumli bog‘lovchi moddalar 2.1 Bitumlar tarkibi va tuzilishi Bitumning elementar tarkibi quyidagicha: uglerod 70-80%, vodorod
1015%, oltingugurt 2-9%, kislorod 1-5%, azot 0-2%. Bitum tarkibida bu
elementlar uglevodorod radikallari va ularni oltingugurt, kislorod va azotli
birikmalari ko‘rinishida bo‘ladi.
Bitum tarkibi asfaltenlardan (qattiq jinslar), smolalar va moylardan iborat
bo‘lib, bitumning barcha xossa va xususiyatlarini belgilaydi.
Asfaltenlar
Yuqori
molekulali
uglevodorodlar
va
ularning
hosilalaridan iborat bo‘lgan, molekulyar massasi 1000-5000, zichligi 1 gsm
3
Yuqori moddalardir. Asfaltenlar tarkibida karbenlar va moylarda va organiq
erituvchilarda erimaydigan karboidlar bo‘ladi. Bitumning qattiq qismini
uglevodorodlar-parafinlar ham tashkil etishi mumkin.
Smolalar molekulyar massasi 500-1000, zichligi 1 gsm
3
atrofida bo‘lgan
to‘q jigar rangli amorf moddalardir.
Moylar molekulyar massasi 100-500, zichligi 1 gsm
3
gacha bo‘lgan
uglevodorodlardan iborat moddalardir.
Bitum tarkibi jihatidan kolloid sistema bo‘lib, asfaltenlar, smolalar va
moylarda dispersiya holatida bo‘ladi. Bitum tarkibida asfaltenlar (18-20 mkm)
yadrolar hosil qiladi, atrofida esa smolalar va moylardan qobiqlar joylashgan.
Bitum tarkibida asfaltenlar ko‘p qismni tashkil etsa, uning qattiqligi,
yumshash harorati va mo‘rtligi Yuqori bo‘ladi.
Bitum tarkibida moylar va smolalar ko‘p qismni tashkil qilsa, aksincha
bitum yumshoq va tez eruvchan bo‘ladi. Moylar va smolalarning molekulyar
massasi past bo‘lsa, bitumning plastikligi Yuqori bo‘ladi.
Bitum tarkibida parafin miqdorining 5% ortishi past haroratlarda
mo‘rtligini ko‘paytiradi.
Bitumdan qurilish materiallari olishda quyidagi usullar bilan ishlov
beriladi: 140-170
0
S qizdirilib smolalar yumshatiladi va moylarda yaxshi erishi
ta’minlanadi; bitumlar yashil neft moyi, lakoyl, texnik kerosin va boshqa
organiq erituvchilarda eritiladi va sovuq holdagi mahsulotlar tayyorlash
imkoniyati yaratiladi; bitum maxsus emulgatorlar vositasida bitum
emulsiyalari va pastalariga aylantiriladi va kompozitsion materiallar
tayyorlashda ishlatiladi.