”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

22.1-jadval 
Neft bitumlarining asosiy fizik-mexanik xossalari 
Bitum markasi
YUmshash
harorati (
0
S),eng 
pasti
25
0

haroratda 
ignaning botish
chuqurligi, 10 mm
25
0
S
haroratda
cho‘ziluvchanligi(sm) 
,kamida
Qurilish bitumlari
BN 50050
BN 70030
BN 90010
50
70
90
41-60
21-40
5-20
40
3
1
Tombop bitumlar
BNK 450180
BNK 90040
BNK 90030
40-45
85-95
85-95
140-220
35-45
25-35
Me’yorlanmaydi
-“-
-”-
Yo‘l qurilishi bitumlari


BND 200300
BND 90130
BND 6090
BND 4060
35
39
43
51
200-300
91-130
61-90
40-60
Me’yorlanmaydi
65
60
40
 
3 Qatronli bog‘lovchi moddalar 
Qatronlar toshko‘mir va qo‘ng‘ir ko‘mir, yonuvchi slanetslar, torf, 
yog‘och kabi qattiq yoqilg‘ilarni havosiz muhitda qizdirish natijasida hosil 
bo‘ladi. Qatron qora-jigar rang quyuq qovushoq modda bo‘lib, harorat ta’sirida 
yumshash xususiyatiga ega.
Qurilish materiallari olishda ko‘pincha toshko‘mir qatroni ishlatiladi. 
Toshko‘mir qatroni qora metallurgiya sanoati uchun zarur bo‘lgan koks 
yoqilg‘isi olishda qo‘shimcha mahsulot sifatida hosil bo‘ladi. Koks kimyo 
zavodlarida 1t toshko‘mir qayta ishlanganda 700-750 kg koks, 300-350 m
3
koks gazi, 30-40 kg xom qatron va boshqa moddalar hosil bo‘ladi. Toshko‘mir 
qatronlari quyidagi turlarga bo‘linadi: xom toshko‘mir qatroni, haydalgan 
qatron, pek va tarkiblangan (aralash) qatronlar.
Hom toshko‘mir qatroni ikki xil bo‘ladi: a) 500-600
0
S haroratda yarim 
kokslanish jarayonida hosil bo‘lgan past haroratli qatron; Uning zichligi 0,85-
1gsm
3
, rangi to‘q-qo‘ng‘ir. b) 1000-1300
0
S haroratda koks olish jarayonida 
hosil bo‘lgan qatron. Uning zichligi 1,12-1,23 gsm
3
, yumshash harorati 40-
70
0
S, rangi qora suyuqlik yoki qattiq-qovushoq moddadir.
Haydalgan qatron (toshko‘mir smolasi) past haroratda olingan xom 
smolani fraksiyalash usuli bilan ligroin va kerosin fraksiyalarini ajratib olish 
natijasida hosil bo‘ladi. U qovushoqligi va xossalari jihatidan Yuqori haroratda 
hosil bo‘lgan qatronga yaqinlashadi.
Pek xom toshko‘mir smolasini haydaganda hosil bo‘ladigan qoldiq 
mahsulotdir. Haydash jarayonida quyidagi moddalar hosil bo‘ladi: yengil 
moylar (180
0
S), fenolli fraksiyalar (180-210
0
S), naftalinli fraksiyalar (210-
230
0
S), antratsen moyi (360
0
S gacha). Pek qora rangli mo‘rt modda bo‘lib, 
zichligi 1,25-1,28 gsm
3
, tarkibida Yuqori molekulali uglevodorod birikmalari 
va 8-30% erkin holdagi uglerod bo‘ladi.
Tarkibli (aralashma) qatronlar peklar va qatron moylari (antratsen moyi 
va boshqalar) yoki suvsizlantirilgan xom qatronlar bilan aralashtirilib olinadi. 
Ularning qovushoqligini va yumshash haroratini pek va moylar nisbatini 
o‘zgartirib boshqarish mumkin.
Qatronlar tarkibi aromatik qatordagi uglevodorodlardan iboratdir. 
Toshko‘mir qatroni tarkibi qattiq (erimaydigan moddalar), qattiq erimaydigan 
qatron smolasi (bitum tarkibidagi asfaltenlar singari) va qovushoq smolalar
suyuq qatron moyidan iborat.
Qatronning xossalari moylar, smolalar va qattiq holdagi tashkil 
etuvchilarning nisbatiga bog‘liq bo‘ladi.



Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin