Akvapanelning bo‘ylama tugagan joyi
Akvapanel plitalar GFR ning “Knauf USG Systems” korxonasida ishlab
chiqariladi.
Ishlatish joyiga ko‘ra Akvapanel plitalar
binolarning Ichki va Tashqi
qismlariga mo‘ljallangan. Plitalar konveyer texnologiyasida ishlab chiqariladi.
Konveyerda shishato‘r bilan armaturalangan keramzitbeton (gidrofob va
boshqa qo‘shimchalar bilan) uzluksiz tasma (lenta) ko‘rinishida shakllanadi.
Panel yuzalariga suyuq sement xamiri surkaladi. Hosil qilingan tasma kerakli
o‘lchamlarda kesiladi. Ularning yuza qismi silliq, orqa qismi esa g‘adir-budur
bo‘ladi. Plitalar shuruplar yordamida mahkamlanadi, sirkulyar arra yoki pichoq
bilan bichish mumkin.
Ichki Akvapanel plitalar karkas – qoplamali pardadevorlar, osma shiftlar,
devorlar va kommunikatsiya shaxtalarini qoplashda, gidrofoblangan namli
sharoitlarda, ya’ni basseyn, kir yuvish xonalari, sanoat oshxonalari, garajlar va
yerto‘lalarda ishlatiladi.
Akvapanelning o‘lchamlari va asosiy xossalari jadvalda berilgan.
Akvapanel plitalari o‘lchamlari va xossalari
Ko‘rsatgich
Akvapanel
Ichki
Akvapanel
Tashqi
Eni, mm
900
900
Uzunligi, mm
1200
1200;2400;2500
Qalinligi, mm
12,5
12,5
Eni 900 mm li plitaning
egilishining minimal
radiusi, m
Eni 300mm
3,0
3,0
Massa, kg/m
2
15
16
O‘rtacha zichligi
1000
1100...1200
Massa bo‘yicha
suv shimuvchanligi, %, ko‘pi bilan 20
15
Korxonadan chiqarish namligi, %, ko‘pi bilan
4
4
Egilishidagi mustahkamlik chegarasi, MPa, kamida 7
10
Ishqoriyligi, rN
13
13
Issiqlik o‘tkazuvchanligi, Vt/m
0
S
0,35
0,32
Bug‘ o‘tkazuvchanlik, m
2
Pa/mg
-
0,38
Yonuvchanlik guruhi
G1
G1
Sovuqqa chidamlilik, sikl
-
75
Dostları ilə paylaş: