”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua


 Qurilish qorishmalari uchun materiallar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

2. Qurilish qorishmalari uchun materiallar 


Bog‘lovchi 
moddalar

Qurilish 
qorishmalari 
olishda 
portlandsementdan 
tashqari 
shlakli 
portlandsement, 
putssolanli 
portlandsement, past markadagi (M200) sement va xususiy hollarda 
kirishmaydigan, kengayuvchi sementlar ishlatilishi mumkin.
Yuqori markadagi sementlarni qurilish qorishmalari (ayniqsa, past 
markadagi qorishma) olishda ishlatish qorishmaning suv ushlashlik, 
qatlamlanish kabi xususiyatlarini yomonlashtiradi.
Qorishmaning texnologik xossalarini yaxshilash va portlandsement 
kabi bog‘lovchilarni tejash maqsadida ikki va uch komponentli murakkab 
tarkibli qorishmalar keng ko‘lamda ishlatiladi.
Havoyi va gidravlik ohak qurilish qorishmalari olishda ohak xamiri 
yoki ohak suti ko‘rinishida qo‘llaniladi.
Qurilish gipsi alohida ravishda binolarning ichki va tashqi bezagi
uchun qorishmalar va murakkab qorishmalar tayyorlashda qo‘shimcha 
sifatida ishlatiladi.
Mayda to‘ldirgich
. Og‘ir qurilish qorishmalari uchun mayda 
to‘ldirgich sifatida kvars qumlari, dala shpati qumlari kabi tabiiy qumlar, 
zich tog‘ jinslarini maydalab tayyorlangan sun’iy qumlar ishlatiladi. Yengil 
qorishmalar uchun keramzit, agloporit, perlit, vermikulit, shungizit, 
kamporit singari g‘ovak sun’iy to‘ldirgichlar asosidagi qumlar; pemza, tuf, 
shlaklar kabi yengil toshlarning qumlari ishlatiladi. Qum tarkibida yirik 
donalar bo‘lsa, uni albatta elakdan o‘tkazish kerak. Qum tarkibidagi eng 
yirik donalar diametri 2 mm oshmasligi kerak. Qurilish qorishmasining 
markasi M100 va undan Yuqori bo‘lsa, tarkibidagi chang, loy aralashmalari 
miqdori 10% ortiq bo‘lmasligi kerak. Qorishma markasi M50 va undan past 
bo‘lsa, buyurtmachi bilan kelishilgan holda chang, loy aralashmalari 
miqdori 20% gacha bo‘lishi mumkin. Qum tarkibida organiq aralashmalar 
meyordan ortiq bo‘lmasligi zarur.
Suv.
Qurilish qorishmalari tayyorlashda ichimlik suvi yaroqli 
hisoblanadi. Boshqa suvlar ishlatilsa, ular tarkibida kislota, ishqor, tuz 
eritmalari va qoldiqlari, uglevodorod birikmalari va sh.k. qorishma 
bog‘lovchi moddasi qotishiga zararli ta’sir ko‘rsatadigan aralashmalar 
bo‘lmasligi kerak.
Maxsus bino va inshootlar qurilishida suvni distilyator moslamalaridan 
o‘tkazib, toza holda ishlatish tavsiya etiladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin