Bog‘lovchi
moddalar
.
Qurilish
qorishmalari
olishda
portlandsementdan
tashqari
shlakli
portlandsement,
putssolanli
portlandsement, past markadagi (M200) sement va xususiy hollarda
kirishmaydigan, kengayuvchi sementlar ishlatilishi mumkin.
Yuqori markadagi sementlarni qurilish qorishmalari (ayniqsa, past
markadagi qorishma) olishda ishlatish qorishmaning suv ushlashlik,
qatlamlanish kabi xususiyatlarini yomonlashtiradi.
Qorishmaning texnologik xossalarini yaxshilash
va portlandsement
kabi bog‘lovchilarni tejash maqsadida ikki va uch komponentli murakkab
tarkibli qorishmalar keng ko‘lamda ishlatiladi.
Havoyi va gidravlik ohak qurilish qorishmalari olishda ohak xamiri
yoki ohak suti ko‘rinishida qo‘llaniladi.
Qurilish gipsi alohida ravishda binolarning ichki va tashqi bezagi
uchun qorishmalar va murakkab qorishmalar tayyorlashda qo‘shimcha
sifatida ishlatiladi.
Mayda to‘ldirgich
. Og‘ir qurilish
qorishmalari uchun mayda
to‘ldirgich sifatida kvars qumlari, dala shpati qumlari kabi tabiiy qumlar,
zich tog‘ jinslarini maydalab tayyorlangan sun’iy qumlar ishlatiladi. Yengil
qorishmalar
uchun keramzit, agloporit, perlit, vermikulit, shungizit,
kamporit singari g‘ovak sun’iy to‘ldirgichlar asosidagi qumlar; pemza, tuf,
shlaklar kabi yengil toshlarning qumlari ishlatiladi.
Qum tarkibida yirik
donalar bo‘lsa, uni albatta elakdan o‘tkazish kerak. Qum tarkibidagi eng
yirik donalar diametri 2 mm oshmasligi kerak. Qurilish qorishmasining
markasi M100 va undan Yuqori bo‘lsa, tarkibidagi chang, loy aralashmalari
miqdori 10% ortiq bo‘lmasligi kerak. Qorishma markasi M50 va undan past
bo‘lsa, buyurtmachi
bilan kelishilgan holda chang, loy aralashmalari
miqdori 20% gacha bo‘lishi mumkin. Qum tarkibida organiq aralashmalar
meyordan ortiq bo‘lmasligi zarur.
Suv.
Qurilish qorishmalari tayyorlashda
ichimlik suvi yaroqli
hisoblanadi. Boshqa suvlar ishlatilsa, ular tarkibida kislota, ishqor, tuz
eritmalari
va qoldiqlari, uglevodorod birikmalari va sh.k. qorishma
bog‘lovchi moddasi qotishiga zararli ta’sir ko‘rsatadigan aralashmalar
bo‘lmasligi kerak.
Maxsus bino va inshootlar qurilishida suvni distilyator moslamalaridan
o‘tkazib, toza holda ishlatish tavsiya etiladi.
Dostları ilə paylaş: