Ushbu mineral plastifikatorlar qorishmaning
qulay joylanuvchanligini
oshirish bilan birga suv ushlashlik xususiyatini,
suv va nam muxitlarga
bardoshliligini, sovuqqa chidamliligini oshiradi.
Mineral qo‘shimchalar tarkibida meyordan ortiq organiq aralashmalar,
tuz eritmalari bo‘lmasligi kerak, aks holda qorishmaning sifati pasayishi va
suvoqchilikda ishlatilganda rangi o‘zgarishi mumkin.
Organiq sirtaktiv moddalar qurilish qorishmasini plastifikatsiyalash,
havo pufakchalari kiritish maqsadida qo‘shiladi. Plastifikatorlar
sifatida LST
(lignosulfonat texnicheski) milonaft, kanifol
sovuni kabi moddalar
bog‘lovchi massasiga nisbatan 0,1-0,3% kiritiladi.
Hozirgi vaqtda qurilish qorishmasi tarkibiga superplastifikatorlar
(massaga nisbatan 1% gacha) va gelpolimer moddalar qo‘shiladi; S-3 kabi
superplastifikatorlar qorishma qulay joylanuvchanligini keskin oshiradi.
Gelpolimerlarning bir grammkmoli 50-1000
grammkmolgacha suv
molekulalarini vaqtinchalik (6-24 soatgacha) bog‘lash xususiyatiga ega
bo‘lib, bog‘lovchi massasiga nisbatan 0,1-0,3% qo‘shilishi
qorishmaning
suv ushlashlik xususiyatini keskin oshiradi.
Qurilish
qorishmasi
qishda
ishlatilganda
tarkibiga
qotishini
tezlashtirish va suvning muzlash haroratini pasaytirish maqsadida kalsiy
xlorid, natriy xlorid, potash, natriy nitrat kabi moddalar qo‘shiladi.
Dostları ilə paylaş: