Kukun to‘ldirgich sifatida kvars, andezit,
diabaz kabi kislotaga
chidamli minerallar kukuni, kislotaga chidamli sement, to‘ldirgich
sifatida
kvars qumi, chaqiq tosh va boshqa sanoat chiqindilari ishlatilishi mumkin.
Oltingugurtli beton tayyorlash texnologiyasi aniqlik talab etadi, chunki
haroratning 119
0
S pasayishi beton massasining qotishiga olib keladi.
Qoliplangan beton sovugandan keyin is’temolga yaroqli bo‘lishi texnologik
tizimining kichik bo‘lishi asosiy omildir.
Oltingugurtli beton mustahkamligi bo‘yicha M200-M800 markalarda
bo‘ladi. O‘rtacha zichligi 2200 kg/m
3
, sovuqqa chidamliligi bo‘yicha F200-
F400 markalarda bo‘ladi.
Oltingugurt bir necha yuz yillardan beri maxsus
qurilishlarda ishlatib
kelingan. Masalan, oltingugurt asosidagi mayin va oddiy qorishmalar tosh
terishda, metall konstruksiyalarni qoplashda va boshqalarda ishlatilgan.
Xozirgi kunda chet ellarda oltingugurtli beton bino va inshootlar poydevorlari,
qoziq-poydevorlar, kimyoviy moddalar
saqlanadigan idishlar, kimyoviy
muhitlarga chidamli buyumlar va qismlar, yo‘l qoplamalari tayyorlashda
ishlatilmoqda. O‘zbekistonda oltingugurt va bitum bog‘lovchilari asosida
yig‘ma asfaltoltingugurt beton konstruksiyalari tayyorlash texnologiyasi, beton
va temirbeton konstruksiyalarini, arbolitni oltingugurt eritmasi bilan shimdirib,
xossalarini yaxshilash texnologiyalari ishlab chiqilgan.
Dostları ilə paylaş: