”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

Nazariy savollar
1.
Betonning kompozitsion strukturasini tushuntirib bering.
2.
Betonlarni klassifikatsiyalab bering.
3.
Beton to‘ldirgichlariga qo‘yiladigan texnik talablarni aytib bering.
4.
Betonning qulay joylanuvchanligi bo‘yicha klassifikatsiyasini 
tushuntirib bering.
5.
Betonning asosiy xossalarini aytib bering.
6.
Beton qorishmasini tayyorlash texnologiyasi asosiy jihatlarini 
tushuntirib bering.
7.
Beton qorishmasini qanday zichlashtirish usullarini bilasiz?
8.
Beton qotishini ta’minlash usullari qanday?
9.
Quruq issiq iqlim sharoitida beton quyish texnologiyasi jihatlarini 
aytib bering.
10.
Qishda beton quyish texnologiyasida qanday omillarga ahamiyat 
beriladi?
11.
Yengil betonlarning klassifikatsiyalab bering.
12.
Yengil betonlarning asosiy xossalarini gapirib bering.
13.
Yacheykali betonlarning qanday turlarini bilasiz.
14.
Betonning maxsus turlarini va ularning qaerda ishlatilishini 
tushuntirib bering.
 
 
 


QURILISH QORISHMALARI (QQ). TASNIFI. TASHKIL 
ETUVCHILARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR. ASOSIY 
XOSSALARI - MUSTAHKAMLIGI VA MARKALARI, 
HARAKATCHANLIGI, SOVUQQA BARDOSHLILIGI
 
Reja: 
1.
Umumiy ma’lumotlar.
2.
Qurilish qorishmalari uchun materiallar.
3.
Qurilish qorishmalarining xossalari.
 
1. Umumiy ma’lumotlar 
Qurilish qorishmasi kompozitsion material bo‘lib, mineral bog‘lovchi 
modda, suv, mayda to‘ldirgich va qorishma xossalarini yaxshilovchi 
qo‘shimchalardan iborat aralashmaning qotishidan hosil bo‘ladi. Mineral 
bog‘lovchi sifatida portlandsement va uning turlari, havoyi va gidravlik 
ohak, qurilish gipsi va sh.k. ishlatiladi. Qorishma xossalarini yaxshilovchi 
komponent sifatida mineral aktiv kukunlar va polimer sirtaktiv moddalar 
ishlatiladi.
Qurilish qorishmalarini ishlatish tarixi bir-necha ming yillarga tengdir. 
Xususan O‘zbekiston xududidagi arxitektura yodgorliklarini barpo etishda 
tarkibi aktiv mineral kukunlar va tabiiy organiq moddalar bilan 
mukammallashtirilgan qurilish qorishmalari ishlatilgan. Bu bino va 
inshootlarning poydevor qismi qurilishida ishlatilgan suvga chidamli “qir” 
qorishmalari ohak bog‘lovchisiga o‘simliklar kuli va tabiiy yog‘liq 
komponentlarni qo‘shib tayyorlangani tarixiy manbalardan ma’lum.
Qurilish qorishmalari bog‘lovchi moddaning turiga, o‘rtacha zichligiga 
va ishlatilish sohasiga nisbatan guruxlarga bo‘linadi.
Bog‘lovchi modda turiga ko‘ra qurilish qorishmalari sementli, ohakli, 
gipsli va aralash bog‘lovchili (sement-ohakli, sement-giltuproqli, 
ohakgipsli va .sh.k.) qorishmalarga bo‘linadi. Qorishma bitta bog‘lovchi 
asosida bo‘lsa oddiy, bir-necha bog‘lovchidan iborat bo‘lsa murakkab 
qorishma deb ataladi.
O‘rtacha zichligiga ko‘ra qurilish qorishmalari og‘ir qorishmalarga
(k
m
>1500 kgkm
3
) va yengil qorishmalarga (k
m
<1500 kgkm
3
) bo‘linadi.
Og‘ir qorishmalar kvars qumlari va boshqa og‘ir toshlarning qumlari 
asosida, yengil qorishmalar esa keramzit, agloporit, shlaklar, pemza, tuf va 
boshqa yengil toshlarning qumi asosida tayyorlanadi.
Ishlatilish sohasiga ko‘ra qurilish qorishmalari g‘isht-tosh terish, 
poydevor, yirik bloklar va boshqa temirbeton konstruksiyalarni montaj 
qilishda ishlatiladigan terish; g‘isht va tosh devorlar, devor temirbeton 
bloklar va panellar va boshqa konstruksiyalarni suvash uchun ishlatiladigan 
pardozlash; gidroizolyasiya, akustik, rentgen nurlaridan himoyalovchi va 
shu kabi maxsus qorishmalarga bo‘linadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin