”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua


 Qurilish qorishmalarining xossalari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

3. Qurilish qorishmalarining xossalari 
3.1 Qorishma aralashmalarining xossalari 
 
Qulay joylanuvchanlik. 
Qorishmaning qulay joylanuvchanligi yuzada 
bir jinsli yupqa qatlam bo‘lib quyilish xususiyati tushiniladi. Qorishma 
aralashmasining qulay joylanuvchanligi harakatchanlik darajasiga va suv 
ushlashlik xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Qorishma aralashmasining 
harakatchanligi massasi 300 g li o‘tkir burchagi 30
0
bo‘lgan metall 
konusning qorishmaga botish chuqurligi bilan aniqlanadi (1-rasm).
Qorishma aralashmasining harakatchanligini aniqlash uchun standart 
konus asbobi
1-shtativ; 2 va 3-ushlagichlar; 4-prujinali tugma; 5-siljiydigan 
sterjen; 6-konus; 7-siferblat; 8-qorishma aralashmali idish.
Konus uchi qorishma yuzasiga tekkiziladi va prujinali tugma 
bo‘shatiladi. Bunda konus qorishma ichiga botadi. Botish chuqurligi 
qorishmaning quyuqligiga bog‘liq bo‘lib, qorishma suyulgan sari konus 


chuqurroq cho‘ka boshlaydi. Qorishmaga konusning cho‘kishi (SM) uning 
harakatchanligini ifodalaydi. Qorishmaning harakatchanligi sement va 
boshqa mineral bog‘lovchilarning turiga,mayda to‘ldirgich va mineral 
qo‘shimchalarning dispersligiga va suvning miqdoriga bog‘liq bo‘ladi.
Qorishma 
tarkibida 
suv 
miqdorini 
ko‘paytirish 
hisobiga 
harakatchanligini istalgancha oshirish mumkin, ammo suv miqdorining 
oshirilishi qorishma mustahkamligiga va sovuqqa chidamliligiga, qolaversa, 
qorishma aralashmalarining qatlamlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Suv 
miqdorini oshirmasdan harakatchan qorishmalar tayyorlash uchun tarkibiga 
plastifikatsiyalovchi polimer qo‘shimchalar kiritish tavsiya etiladi.
Qurilish qorishmasi aralashmasining harakatchanligi ishlatilish sohasi
qishki va yozgi sharoitlarga moslab belgilanadi.
Suv ushlashlik xususiyati qorishma aralashmasining g‘ovakli asosga 
yotqizganda suvni saqlash va tashish jarayonida qatlamlanmaslik xossasiga 
aytiladi.
Qorishma aralashmasining suv ushlashlik xossasi aktiv mineral 
kukunlar yoki polimer strukturali adsorbentlar (gelpolimerlar va boshqalar) 
qo‘shilib oshiriladi.
Bunday moddalar qo‘shilgan qorishmalar g‘ovak asoslarga (g‘isht, beton va
sh.k) asta-sekinlik bilan suvni beradi va zichligi, mustahkamligi oshadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin