Yacheykali betonlarning xossalari.
Yacheykali betonlarning o‘rtacha
zichligi 300...1200 kg/m
3
, g‘ovakligi 60-85% bo‘ladi.
Yacheykali betonlar siqilishdagi mustahkamlik chegarasiga nisbatan
quyidagi markalarga bo‘linadi: M15, M25, M35, M50, M75, M100, M150.
Siqilishdagi mustahkamligiga nisbatan V0,35...V12,5 klasslarda bo‘ladi.
Yacheykali betonlarning
suv shimuvchanligi, gigroskopikligi, suvga
chidamliligi, g‘ovaklikning strukturasiga va makrog‘ovaklar o‘rtasidagi
devorlarning mustahkamligiga bog‘liq bo‘ladi.
Yopiq g‘ovakli yacheykali betonlarning suv shimuvchanligi va
sovuqqa chidamliligi Yuqori bo‘ladi. Sovuqqa chidamliligi bo‘yicha
yacheykali betonlar quyidagi markalarda bo‘ladi: /15, /25, /35, /50, /75,
/100. Tashqi devor panellarida ishlatiladigan
yacheykali beton sovuqqa
chidamliligi /15, /25 bo‘lsa kifoya, doimo muzlash va erish ehtimoli bor
konstruksion yacheykali betonlarning sovuqqa chidamlilik markasi
/50.../100 bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Yacheykali betonlarning eng muhim xossalaridan biri issiqlik
o‘tkazuvchanlik bo‘lib, uning zichligi va namligiga bog‘liq bo‘ladi.
Masalan, o‘rtacha zichligi 600 kg/m
3
bo‘lgan
yacheykali betonning quruq
holatdagi issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 0,14 Vt/(m
.0
S), 8% namlikda
bo‘lsa, 0,22 Vt/(m
.0
S). Yacheykali betonlarni namlanishdan saqlash
maqsadida yuzasi turli izolyasiyalovchi donali yoki sepma materiallar bilan
qoplanishi mumkin. Gazbeton va ko‘pikbeton tayyorlanayotganda
gidrofoblik yoki difillik xususiyatiga ega bo‘lgan polimer qo‘shimchalarni
oz miqdorda kiritish, kvars qumlarini kukunlashda
mexanik-kimyoviy
aktivlashtirish ularni namlanishdan saqlaydi va issiqlik o‘tkazuvchanligi
o‘zgarmasligini ta’minlaydi.
Yacheykali betonlarni vaqt o‘tishi bilan hajmiy kirishishi yoriqlar hosil
bo‘lishiga olib keladi. Ularning kirishishi zichligiga va qotish sharoitiga
bog‘liq bo‘lib, tarkibidagi suvning intensiv chiqib ketmasligini ta’minlash,
ularda dastlabki yoriqlar hosil bo‘lishini ogohlantiradi.
O‘rtacha zichligi 700-800 kgkm
3
bo‘lgan yacheykali betonning, nisbiy
namlik 7080%, harorat 20
0
S bo‘lsa, havodagi kirishishi 0,4-0,6 mmkm
tashkil etadi.
Yacheykali betonlar issiqlik izolyasiyasi
va konstruktiv-issiqlik
izolyasiyasi buyumlari sifatida ishlatiladi. Issiqlik izolyasiyasi yacheykali
betonlari tashqi ikki va uch qatlamli panellar, xonalarni ajratish
pardadevorlar, turar joy va sanoat binolari
tomlari va boshqa joylarda
ishlatiladi.
Konstruktiv-issiqlik izolyasiyasi yacheykali betonlardan armaturasiz
devorbop bloklar, toshlar, tashqi devor panellari tayyorlashda, sanoat
sovuqhonalari devor va tomlari qurilishida ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: