maydalanadi, elanadi va tarkibidagi yonmagan ko‘mir donalari,
kul va
boshqalar chiqarib yuboriladi. Yoqilg‘i chiqindilari bo‘lgan shlaklar va
kullar antratsit, toshko‘mir, qo‘ng‘ir ko‘mir va boshqa qattiq yoqilg‘ilarni
yondirilganda hosil bo‘ladigan mahsulotlardir. Qattiq yoqilg‘ilar
yondirilganda hosil bo‘ladigan kullar sement yoki boshqa bog‘lovchilar
bilan aralashtirilib shag‘al holda yengil to‘ldiruvchilar tayyorlanishi
mumkin.
G‘ovak mayda to‘ldirgichlar mayda qum-1,2 mm gacha va yirik qum-
1,2-5 mm bo‘linadi. G‘ovak yirik to‘ldirgichlar 5-10, 10-20, 20-40 mm
fraksiyalarda bo‘ladi. G‘ovak to‘ldirgichlar
asosida betonlar, qorishmalar
tayyorlanganda sement toshi hajmining eng kami miqdoriga erishish zarur,
aks holda olingan mahsulotlar og‘irlashishi va issiqlik izolyasiyasi
xususiyati pasayishi mumkin.
G‘ovak to‘ldirgichlar
quruq holatdagi
to‘kma
zichligining
ko‘rsatkichiga (kg/m
3
) binoan quyidagi markalarga bo‘linadi: 250, 300, 350,
400, 500, 600, 800, 1000 va 1200.
G‘ovak yirik to‘ldirgich (chaqiq tosh, shag‘al) mustahkamligi po‘lat
silindrda ezish usulida aniqlanadi. Bu usulda aniqlangan mustahkamlik
(kgs/sm
2
) 5 kam bo‘lmasligi va 25-200 oralig‘ida bo‘lishi kerak.
G‘ovak to‘ldirgichlarning issiqlik o‘tkazuvchanligi, solishtirma issiqlik
sig‘imi, radiatsion gigiena xossalari, zararli aralashmalarning miqdori
standart usullarda doimo aniqlanishi zarur. Yengil to‘ldirgichlar tarkibidagi
kislota qoldiqlari, tuzlar, loyli va changsimon aralashmalar, ba’zi radioaktiv
moddalar va boshqalar standartlarda ruxsat
etilgan miqdorlardan Yuqori
bo‘lmasligi shart.
Dostları ilə paylaş: