Murakkab shakldagi
konstruksiyalar-zinapoya, qobirg‘ali plitalar va
boshqalar titratish-shtamplash usulida zichlashtiriladi. Bu usulda avval
qolipga
beton qorishmasi quyiladi, so‘ngra ichiga titratkich o‘rnatilgan
shtamp tushiriladi va qorishma zichlashtiriladi.
Quvursimon konstruksiyalar (quvurlar, elektr uzatish liniyalari
tayanchlari, machtalar va boshq.) aylanma qoliplarda-sentrifugalarda
zichlashtiriladi. Bunda qolip 400-900 marta/min aylantirilganda
markazdan qochuvchi kuch hisobiga beton qorishmasi zichlashadi.
Hosil
bo‘lgan zichlashtiruvchi kuch hisobiga beton 20-30% suvni yo‘qotadi va
konstruksiyaning tashqi qismida o‘ta zichlashgan qatlam paydo bo‘ladi.
Beton qorishmasini zichlashtirishning boshqa kombinatsiyalashgan usullari
konstruksiyaning turiga qarab tanlanishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: