”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua


Beton qorishmasini tayyorlash, tashish va ishlatish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

6.
Beton qorishmasini tayyorlash, tashish va ishlatish 
Beton qorishmasini tayyorlash 
 
Qurilish industriyasida beton qorishmasi mexanizatsiyalashtirilgan va 
avtomatlashtirilgan beton zavodlarida, temirbeton zavodlarining beton 
qorishmasi uzellarida yoki bevosita qurilish maydonlarida jihozlangan 
ko‘chma beton qorgich markazlarida tayyorlanadi.
Betonning sifati komponentlarni aniq tortish, bir jinsli holatgacha 
aralashtirishga bog‘liqdir. Beton zavodlarda beton qorishmasi avtomatik va 
yarim avtomatik dozatorlar vositasida miqdorlanadi. Dozalash aniqligi 
sement va suv uchun ±1% (massasi bo‘yicha) va to‘ldirgichlar uchun ±2% 
dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Hozirgi kunda beton komponentlarini dozalash 
kompyuter markazlaridan turib boshqariladi va beton qorish jarayonida 
to‘ldirgichlarning namligi hisobga olinib, tarkibga aniqliklar kiritiladi.
Beton qorgichlar ishlash prinsipi bo‘yicha uzlukli va uzluksiz 
ishlaydigan turlarga bo‘linadi. Ular beton qorishmasini erkin tushishiga va 
majburan aralashtirishga asoslangan bo‘ladi.
Odatda to‘xtab ishlaydigan beton qorgichlar ishlatiladi. Harakatchan va 
quyma beton qorishmalari material erkin tushadigan qorgichlarda 
tayyorlanadi. Materiallarning erkin tushishiga asoslanib ishlaydigan 
qorgichlar ishchi organi baraban ichiga o‘rnatilgan kurakchalardan iborat 
bo‘ladi.
)
ш
(
ч
.
т
к
.
т
ц
.
т
)
ш
(
ч
к
ц
)
ш
(
Ч
К
Ц
V
V
V










Baraban aylantirilganda kurakchalar komponentlarni ilintirib bir oz 
balandlikka ko‘taradi, so‘ngra materiallar pastga tushib aralashadi. Bu 
prinsipda ishlaydigan beton qorgichlarning ishchi sig‘imi 100-1500l bo‘ladi. 
Maxsus mexanizmlar yordamida barabanning qiyaligi o‘zgartirib turiladi. 
Ishchi sig‘imi 120 l gacha bo‘lgan betonqorgich ko‘chma, undan katta 
hajmlari esa qo‘zg‘almas bo‘ladi.
Erkin tushadigan betonqorgichlarda harakatchan beton qorishmalari 
hajmi 500l bo‘lsa 1-1,5 min; hajmi 1200l bo‘lsa 2 min va hajmi 2400l bo‘lsa 
2,5-3 min davomida tayyorlanadi.
Majburan aralashtiradigan betonqorgichlarda bikr beton qorishmalari 
tayyorlanadi. Bunday qorgichlar silindrsimon shaklda bo‘lib, markaziy rotor 
qismiga kurakchalar o‘rnatilgan bo‘ladi. Rotor aylantirilganda kurakchalar 
beton qorishmasini majburan aralashtirib bir jinsli massaga aylantiradi. 
Hosil bo‘lgan beton qorishmasi silindr tubidagi lyuk orqali tushiriladi.
Harakatchan beton qorishmalarini gorizontal valga o‘rnatilgan 
kurakchali va shnekli uzluksiz qorgichlarda tayyorlash mumkin. Bikr beton 
qorishmalarini esa qo‘shimcha titratish usulida aralashtirish maqsadga
muvofiq. Uzluksiz betonqorgichlar unumdorligi (30, 60, 120 m
3/
soat) 
to‘xtab ishlaydigan qorgichlarga nisbatan Yuqori bo‘lib, elektroenergiya va 
mehnat resurslarini tejaydi.
Beton qorishmasi tayyorlaydigan zavod va uzellar to‘la 
mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan komponentlarni qabul qilib 
oluvchi, 
uzatuvchi, 
zarurat 
bo‘lganda 
isituvchi 
to‘ldirgichlar 
omborxonasiga, sement omborxonasiga ega bo‘lishi kerak. Sement va 
to‘ldirgichlar transportlar yordamida bunkerlarga solinadi va dozatorlar 
yordamida o‘lchab betonqorgichlarga uzatiladi, suv va turli sirtaktiv 
qo‘shilmalar alohida tayyorlanib, so‘ng betonqorgichga nasos yordamida 
uzatiladi. Beton qorishmasi maromiga etkazib tayyorlangach maxsus 
transportlar yordamida iste’molchiga yuboriladi.
Hozirgi kunda beton qorishmasini quruq holda tayyorlab iste’molchiga 
yuborish va qurilish ob’ektining o‘zida suv bilan aralashtirish keng 
tarqalmoqda. 
Bu 
usulda 
quruq 
beton 
qorishmasi 
maxsus 
avtobetonqorichlarda 
iste’molchilarga 
etkaziladi. 
Zamonaviy 
avtobetonqorgichlar maxsus protsessor yoki kompyuterlar yordamida 
boshqariladi va istalgan tarkibdagi va miqdordagi beton qorishmasini 
tayyorlash imkoniyati hosil bo‘ladi.
Beton zavodlarida betonning sifatini nazorat qiluvchi laboratoriya, 
remont-mexanika ustaxonasi va boshqa infrastruktura yaratilishi kerak. 
Beton zavodi iste’molchiga yuborayotgan beton qorishmasiga yoki quruq 
qorishma har bir partiyasiga beton markasi, qulay joylanuvchanligi 
ko‘rsatilgan pasportni ilova qilishi shart.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin