”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua


Betonning kirishishi va shishishi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

Betonning kirishishi va shishishi 
 
Beton asosida tayyorlangan buyum va konstruksiyalar ochiq havoda 
qurishi natijasida kirishadi. Betonning kirishishi natijasida o‘lchamlari 
o‘zgaradi, ichki zo‘riqishlar hosil bo‘lib, mikroyoriqlar paydo bo‘lishi 
mumkin. Betonning kirishishiga namligining kamayishi, karbonlanish va 
kontraksiya jarayonlari sababchi bo‘ladi.
Beton tayyorlanganda aralashtirilgan suvning bir qismi sement bilan 
reaksiyaga kirishib gidrominerallar hosil bo‘lishiga, ikkinchi qismi esa 
to‘ldirgichlar yuzasini ho‘llashga sarf bo‘ladi, ortiqcha suv asta-sekinlik 
bilan betondan bug‘lanib chiqib ketadi. Suvning bug‘lanishi va 
gidrominerallar hosil bo‘lishiga sarflanishi betonning kirishishiga va ichki 
mikrodefektlarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Sement toshi tarkibidagi 
kalsiy ishqorining (Sa(ON)
2
) karbonlashishi natijasida kalsiy karbonatning 
(SaSO
3
) hosil bo‘lishi betonning kirishish jarayonini chuqurlashtiradi. 
Sement toshida yuz beradigan kontraksiya holati natijasida hosil bo‘ladigan 
betonning kirishishi umumiy kirishishning 510% tashkil qiladi. Demak, 
betonda hosil bo‘ladigan asosiy kirishish qorishma tayyorlanayotganda 
qo‘shilgan ortiqcha suvning miqdoriga bog‘liq bo‘ladi.
Betonning kirishishi natijasida hosil bo‘ladigan ichki zo‘riqish 
tayyorlangan buyum yoki konstruksiyaning qalinligiga ham bog‘liq bo‘ladi. 
Chunki massiv konstruksiyalarda yuza qismlari qurib, ichki qismlari nam 
holda bo‘lishi betonda notekis kirishishni keltirib chiqaradi, natijada sement 
toshi va to‘ldirgichlar kontakt sohasida ichki mikroyoriqlar hosil bo‘ladi.
Betonda hosil bo‘ladigan kirishishni, ya’ni ichki zo‘riqishlarni 
kamaytirish uchun iloji boricha ortiqcha texnologik suv miqdorini 
kamaytirish, to‘ldirgichlar fraksiyalari uzluksizligini ta’minlash kerak. 
Beton, qorishma va sement toshining kirishishi 6.10-rasmda berilgan. 
Demak, sement toshi tarkibiga mayda va yirik to‘ldirgichlarning kiritilishi 
mutanosib ravishda kirishishini kamaytiradi.
Qotish vaqti, sut 
К
ири
шиш, мм
м



Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin