Kirishish chizmasi 1-sement toshi; 2-qorishma; 3-beton.
Bino va inshootlarning tashqi qismlariga, gidrotexnik inshootlarga,
avtomobil yo‘llarga, aerodrom qoplamalariga va boshqalarga ishlatilgan
beton doimo suv bilan xo‘llanib va qurib turadi. Betonda namlikning
ko‘payishi va kamayishi kirishish va shishib ketishdan hosil bo‘ladigan
ichki zo‘riqishlarni keltirib chiqaradi. Hosil bo‘lgan ichki zo‘riqishlar
betonda mikroyoriqlar paydo bo‘lishiga va natijada konstruksiyalarning
buzilishiga sabab bo‘ladi. Betonni namlanishdan himoyalash uchun
gidroizolyasiya vositalari ishlatiladi.
3. Betonning gidrofizik xossalari Suv shimuvchanlik. Beton
qorishmasi
tayyorlanayotganda
aralashtirilgan suvning bir qismi bug‘lanishi, havo pufakchalarining to‘la
chiqib ketmasligi natijasida betonda g‘ovaklar hosil bo‘ladi. Betonning suv
shimuvchanligi g‘ovakligiga bog‘liq bo‘lib, og‘ir betonlarda massasiga
nisbatan 2-3% bo‘ladi. Beton suv shimganda dastlabki davrda yumshaydi va
mustahkamligi kamayishi mumkin. Ayniqsa bunday holat g‘ovak
to‘ldirgichlar asosidagi yengil betonlar va yacheykali betonlarda ko‘proq
kuzatiladi. Betonning suv va boshqa agressiv qorishmalarni shimuvchanligi
zichligidan kelib chiqib, suv o‘tkazmaslik, sovuqqa chidamlilik va agressiv
muhitlarga bardoshliligini belgilaydi.
Suv o‘tkazmaslik. Betonning suv o‘tkazmasligi suv sizib o‘tmagan
holatdagi eng kichik bosim (kgssm
2
) bilan xarakterlanadi. Suv o‘tkazmaslik
balandligi va diametri 15 sm bo‘lgan beton namunalarni standart usulda
sinab aniqlanadi va quyidagicha markalanadi: W2, W4, W6, W8 va W12.
Betonning suv o‘tkazmasligi g‘ovakligiga va g‘ovaklikning xarakteriga,
ya’ni ochiq yoki yopiqligiga bog‘liq bo‘ladi. Betonda makrog‘ovaklar kam,
mikrog‘ovaklar ko‘p bo‘lsa suv o‘tkazmaslik Yuqori bo‘ladi.
Betonning suv o‘tkazmasligini oshirish uchun texnologik usulda
zichligini oshirish, gidrofob va difil qo‘shimchalar, zichlashtiruvchi
qo‘shimchalar (natriyli alyuminat) kiritish mumkin. Bog‘lovchi sifatida
portlandsement o‘rniga kirishmaydigan yoki kengayuvchan sementlarni
ishlatish ham betonning suv o‘tkazmasligini oshiradi. Betonga suv
o‘tkazmaslik bo‘yicha talablar suv muhiti filtrlanishi mumkin bo‘lgan
joylarda, ya’ni gidrotexnik va meliorativ inshootlarda, rezervuarlarda va
boshqalarda qo‘yiladi.