o‘rtacha zichligini kamaytirish uchun g‘ovak to‘ldirgichlar (keramzit,
agloporit, shlakli pemza va sh.k.)
ishlatish, kvars qumini qisman yengil
qumlar yoki yog‘och qipig‘i, qayta ishlangan lignin va sh.k. bilan
almashtirish mumkin. Gipsbetonning egilishdagi
mustahkamligini oshirish
uchun yog‘och tolasi, qog‘oz sanoati
chiqindilari, tekstil chiqindilari va
sintetik tolalar kabi dispers armaturalovchi qo‘shimchalar qo‘shish kerak.
Kichik o‘lchamdagi elementlar, bloklar, toshlar alohida quyiladi. Katta
o‘lchamdagi buyumlar esa uzluksiz prinsipda
ishlaydigan vibroprokat
stanlarda tayyorlanadi. Gipsbeton tayyorlash jarayonini tezlashtirish uchun
qolipdan echilgan buyumlar quritish kameralarida quritiladi.
Gipsbetonlarning o‘rtacha zichligi to‘ldirgichlarning turiga va suvning
sarfiga bog‘liq bo‘lib, 1000-1600 kgkm
3
atrofida bo‘ladi.
Gipsbeton siqilishidagi mustahkamligiga ko‘ra M25 va M50
markalarda bo‘ladi. Gipsbeton asosan bino
va inshootlarning ichki
devorlarini qurishda ishlatilgani sababli suv shimuvchanlik va sovuqqa
chidamlilik bo‘yicha talablar qo‘yilmaydi. Gipsbeton yaxlit va yig‘ma
pardadevor ichi bo‘sh plitalar va bloklar tayyorlashda ishlatiladi.
Plitalar qamish, yog‘och tolalari va xascho‘plari, po‘lat simlar, tekstil
sanoati chiqindilari, sintetik tolasimon materiallar bilan kuchaytirilishi
mumkin. Armatura sifatida po‘lat simlar ishlatilganda korroziyadan saqlash
maqsadida sement-kazeinli, bitumli, polimerli
kompozitsiyalar bilan
himoyalanishi
kerak.
Namlik
bo‘lishi
ehtimoli
bor
joylarda
gipssementputssolanli bog‘lovchilar asosida tayyorlangan buyumlar
(bloklar, toshlar, katta va kichik panellar) ishlatish maqsadga muvofiqdir.
Bunday betonlar ishlatilgan bino va inshootlar ichidagi nisbiy namlik 75%
oshmasligi kerak.
Qurilish tizimida gips asosidagi betonlarni ratsional sohada ishlatish
keramik devorbop materiallarga bo‘lgan talabni
kamaytiradi va katta
miqdorda energiya va ishchi resurslarni tejaydi.
Dostları ilə paylaş: