Magnezial bogʼlovchilar organik toʼldirgichlar-yogʼoch qipiqlari va payraxalari, kanop va gʼoʼza poyalari va boshqalar bilan yaxshi yopishadi. Shu sababli magnezial bogʼlovchilar asosida fibrolit, ksilolit va arbolit singari issiqlik izolyatsiyasi kompozitsion qurilish materiallari hamda yedirilishga bardoshli ksilolit pollar, zinapoya qoplama buyumlari tayyorlash mumkin. Gips bogʼlovchisi va gips asosida tayyorlanadigan buyumlar va qismlar gigiena talablariga toʼla javob berishi, zahiralari koʼp boʼlganligi tufayli qurilishda keng miqyosida ishlatiladi.