Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/116
tarix16.04.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#98882
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   116
Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari

 
 
 
 
 
 
 
 
Mavzu 3. QURILISH TASHKILOTLARIDA MATERIALLAR HISOBI 
Ma’ruza rejasi: 
 
1. Qurilish tashkilotlarida ishlatiladigan materiallarning tasnifi,
tavsifi va baholanishi 
2. Qurilish tashkilotlarida materiallar harakatini hujjatlashtirish
va ularning ombor hisobi
3. Qurilishga sarflangan materiallar to‘g‘risida hisobotni tuzish va
unga ishlov berish tartibi 
4. Qurilish tashkilotlarida materiallarning sintetik va analitik
hisobi 
5. Qurilish tashkilotlarida materiallar inventarizatsiyasi
xususiyatlari va uni natijalarining hisobi 
1.Qurilish tashkilotlarida ishlatiladigan materiallarning tasnifi, tavsifi va 
baholanishi 
 
Qurilish, qurilish-montaj va boshqa ishlarni belgilangan muddatlarda 
tugatilishi va buyurtmachilarga topshirilishida muhim omillardan biri bo‘lib 
qurilish tashkilotlarida turli xildagi hamda tegishli miqdordagi materiallarning 
mavjudligi hisoblanadi. Ularga qurilish materiallari, yoqilg‘i, moylash materiallari, 
xo‘jalik inventarlari va boshqalar kiradi.


Qurilish tashkilotlarining moddiy ta’minot bo‘limlari materiallarni o‘z vaqtida 
va kerakli miqdorda kelib tushishini ta’minlashlari, moddiy javobgar shaxslar esa 
ularning 
butligini 
va 
sifatini 
buzmasdan 
saqlashlari 
hamda 
qurilish 
maydonchalariga talab qilingan muddatlarda va miqdorlarda yetkazib berishlari 
lozim.
Qurilish tashkiloti buxgalteriyasiga materiallarning holati va harakati ustidan 
uzliksiz nazoratni olib borish, ularni to‘g‘ri va o‘z vaqtida tegishli hujjatlar bilan 
rasmiylashtirilganligini ta’minlash, bu boyliklarning sintetik va analitik hisobini 
yuritish, ular to‘g‘risidagi axborotlarni foydalanuvchilarga o‘z vaqtida berish kabi 
muhim vazifalar yuklatiladi.
Qurilish tashkilotlarida foydalaniladigan materiallarni turli belgilari bo‘yicha 
tasniflash va tavsiflash mumkin. Materiallar hisobini to‘g‘ri yuritishda, ayniqsa, 
ularni quyidagi belgilari bo‘yicha tasniflash muhim ahamiyat kasb etadi. 

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin