Hujjat Miqdori, t. Bahosi Summasi № Sana 125
5 may
30
85000
2550000
142
15 may
20
90000
1800000
May oyida 55 tonna sement qurilish ishlariga sarflangan bo‘lsa, u holda
sementning qurilish tannarxiga kiritilgan qiymati FIFO usul bo‘yicha 4700000
so‘mni ( 10*80000 + 30*85000 + 15*90000), 1 iyun holatiga omborda qolgan
sementning qiymati 450000 so‘mni (5*90000) tashkil etadi.
AVEKO usulida materiallarning bosh qoldig‘i va kirimi asosida ularning
o‘rtacha bahosi aniqlanadi. Keyin ushbu o‘rtacha baho sarflangan va qoldiq
materiallarga ko‘paytirilib, mos ravishda ularning qurilish qiymati (tannarxi)ga
kiritilgan hamda qoldiqda qolgan qismlarining qiymati topiladi. Yuqoridagi
ma’lumotlarga ko‘ra 1 tonna sementning AVEKO usul bo‘yicha o‘rtacha bahosi
85833,33 so‘mni
( 800000 + 2550000 + 1800000) : (10 + 30 + 20)
, qurilishga
sarflangan sementning qiymati 4720833 so‘mni (55*85833,33), oy oxirida qolgan
sementning qiymati esa 429167 so‘mni (5*85833,33)ni tashkil qiladi.
Materiallar qiymatini baholashning bir o‘zini identifikatsiya qilish usuli,
odatda, yakka (individual) tarzda yaratilgan va o‘z analogiga ega bo‘lmagan
materiallarga (moslamalar, konstruksiyalarga) taalluqlidir. Bunday materiallar
qaysi baholarda olingan bo‘lsa, o‘sha baholarda hisobdan chiqariladi.
2.Qurilish tashkilotlarida materiallar harakatini hujjatlashtirish va ularning ombor hisobi Qurilish tashkilotlarida materiallar harakatini hujjatlashtirish ularning kelib
tushish manbalariga, tashib keltirish shartlari va usullariga, shuningdek nima
maqsadlarda chiqim qilinganligi va boshqa holatlarga bevosita bog‘liqdir. Ushbu
maqsadlarda qo‘llaniladigan boshlang‘ich hujjatlar to‘g‘risidagi umumiy
ma’lumotlar 3.1-jadvalda keltirilgan. Quyida materiallar harakatiga doir ayrim
asosiy boshlang‘ich hujjatlarni tuzish va ulardan foydalanish tartiblariga qisqacha
to‘xtalamiz.
Qurilish tashkilotlariga materiallar asosan ta’minotchilardan, bosh pudratchi
va subpudratchilardan, buyurtmachilardan, ta’minot-savdo korxonalaridan kelib
tushadi. Materiallar ta’sischilardan ularning ustav kapitalidagi ulushi sifatida,
shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslardan beg‘araz moliyaviy yordam
sifatida olinishi ham mumkin.