Materiallarning buyurtmachilardan, bosh pudratchi va subpudratchi
tashkilotlardan olinishi ham yuqorida keltirilgan tartibga o‘xshash tarzda
hujjatlashtiriladi. Qurilish materiallarini ta’sischilardan kirim qilinishi ta’sis
shartnomasi, baholar kelishuvi bayonnomasiga muvofiq tuzilgan schyot-fakturalar
va ularga ilova qilingan hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Qurilish tashkilotida kelib tushgan materiallar rahbarning farmoyishiga ko‘ra
omborlarga yoki bevosita qurilish maydonchalaridagi maxsus joylarga miqdor va
sifat jihatdan qabul qilinadi. Tashib keltirishda turli qo‘shimcha harajatlar qilingan
materiallar
bo‘yicha qurilish tashkiloti buxgalteriyasi maxsus «Kirim
dalolatnomasi»ni tuzadi. Ushbu hujjat materiallarni sotib olish qiymati (tannarxi)
bo‘yicha hisobga olish uchun asos bo‘ladi.
Qurilish tashkilotlarida kelib tushgan materiallarning ombor hisobi partion,
navli yoki qoldiq usullar bo‘yicha olib boriladi. Buning uchun mos ravishdagi
Dostları ilə paylaş: