Hisobot oyi moboynida 2510 «Umumishlab chiqarish harajatlari»
schyotining debetida va mos ravishdagi boshqa schyotlarning kreditida nomlari
yuqorida zikr etilgan harajat moddalari bo‘yicha ma’lumotlar jamlanadi. Oy
oxirida ushbu schyotning debetida to‘plangan harajatlar qurilish tashkiloti hisob
siyosatida keltirilgan tartibga muvofiq asosiy ishlab chiqarish (2010 schyot) va
yordamchi ishlab chiqarish (2310 schyot) harajatlariga olib boriladi. Umumishlab
chiqarish harajatlarini taqsimlash tartibini ularning alohida moddalari misolida 2-
mavzuda ko‘rib chiqqan edik. Xuddi shunga o‘xshash yoki qabul qilingan boshqa
tartiblarga ko‘ra umumishlab chiqarish harajatlarining qolgan moddalari ham mos
ravishdagi qurilish ob’ektlari o‘rtasida taqsimlanishi lozim.
Umumishlab chiqarish harajatlari va ular taqsimotining analitik hisobi
umumishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish bo‘linmalari bo‘yicha 10-s jurnal-
orderda alohida moddalari bo‘yicha yuritiladi.
Dostları ilə paylaş: