Jami
13900000
Jami
78900000
Oxirgi qoldiq
0
5.2-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, 2010 «Asosiy ishlab chiqarish»
schyotining debetida qurilish ishlarining oy boshiga va oxiriga bo‘lgan qoldig‘i,
ya’ni tugallanmagan qurilish qiymati (tannarxi), oy mobaynida qurilish ishlariga
ketgan haqiqiy sarf-harajatlar ko‘rsatiladi. Ushbu schyotning kreditida
buyurtmachilarga topshirilgan qurilish ishlarining tannarxi (sotish tannarxi) aks
ettiriladi.
Qurilish ishlari buyurtmachilarga bosqichma-bosqich toshshirilgan hollarda
qurilish tashkilotlarida hisobot davri oxiriga to‘g‘ri keladigan tugallanmagan
qurilish qiymati (tannarxi) inventarizatsiya yo‘li bilan aniqlanadi. Inventarizatsiya
qaydnomasida ko‘rsatilgan tugallanmagan ishlab chiqarish qiymati (tannarxi) 2010
«Asosiy ishlab chiqarish» schyotiga ochilgan analitik schyot (qurilish ob’ekti)da
hisobot davri oxiridagi qoldiq sifatida ko‘rsatiladi. Bu holda buyurtmachilarga
topshirilgan ishlar bosqichining haqiqiy tannarxi (sotish tannarxi) ob’ekt uchun
ochilgan 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» schyotining bosh qoldig‘iga uning debet
oborot summasini qo‘shish hamda hisobot davri oxiriga qo‘rsatilgan qoldiqni
ayirish yo‘li bilan topiladi.
Asosiy ishlab chiqarish harajatlari sintetik va analitik hisobining asosiy
registri bo‘lib 10-s jurnal-order hisoblanadi. Ushbu jurnal-order har bir qurilish
ob’ekti (analitik schyot) bo‘yicha ochiladi. Shuningdek, qurilish tashkiloti
buxgalteriyasi barcha olib borilgan qurilish ishlari harajatlari to‘g‘risidagi
ma’lumotlarini jamlash uchun yig‘ma 10-s jurnal-orderni ham yuritadi. Ushbu
yig‘ma jurnal-orderda asosiy ishlab chiqarish harajatlariga doir hisob
ma’lumotlarini analitik schyotlar (qurilish ob’ektlari) bo‘yicha yig‘ish tartibi
ko‘rgazmali tarzda 5.3-jadvalda keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: