to‘g‘risida ma’lumotnoma – schyot-faktura» hisoblanadi.
Ushbu hujjat pudratchi
va buyurtmachi tomonidan imzolangandan so‘ng rasmiy kuchga ega bo‘ladi.
«Bajarilgan
ishlar
(qilingan
harajatlar)
qiymati
to‘g‘risida
ma’lumotnoma – schyot-faktura» sobiq KS-2 shakl «Bajarilgan ishlarni qabul
qilish to‘g‘risida dalolatnoma» va KS-3 shakl «Bajarilgan
ishlar va harajatlar
to‘g‘risida ma’lumotnoma» o‘rniga kiritilgan yagona hujjatdir. U kamida ikki
nusxada tuziladi. Ma’lumotnoma–schyot-fakturaning
bir nusxasi pudratchida
qoladi, ikkinchi nusxasi esa buyurtmachiga topshiriladi. Investorlarning
talablariga ko‘ra ularga ham ushbu hujjatning alohida nusxalari taqdim etiladi.
Ma’lumotnomani tuzishga asos bo‘lib bajarilgan ishlar hisobi jurnali (KS-6 shakl)
ma’lumotlari hisoblanadi. Ushbu jurnal qurilish tashkilotida har bir ob’ekt
bo‘yicha yuritiladi. Jurnalda qurilish ishlarini boshlanish
va yakunlanish sanasi,
ularni borish jarayoni, ketma-ketlikda bajarilgan
texnologik ishlarning
o‘lchamlari, belgilangan me’yor va rassenkalar bo‘yicha aniqlangan qiymati va
boshqa jihatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar jamlanadi.
«Bajarilgan ishlar (qilingan harajatlar) qiymati to‘g‘risida ma’lumotnoma –
schyot-faktura»ning tasdiqlangan shakli 6-ilovada keltirilgan.
Bajarilgan
qurilish ishlari pudratchi, buyurtmachi,
investorlar va boshqa
qiziquvchi organlar vakillari kiritilgan tarkibdagi komissiya tomonidan qabul
qilinadi. Qurilish ishlarini qabul qilib olish ob’ekt loyihasida ko‘rsatilgan talablar,
me’yorlar va tartiblar
asosida ularni kuzatish, o‘lchash, sinab ko‘rish, sifatini
aniqlash hamda tegishli mutaxassislarning xulosalari asosida amalga oshiriladi.
Qurilish
tashkilotlarida
bajarilgan
qurilish
ishlaridan
olinadigan
daromadlarning hisobi ularni tan olishning usuliga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Ushbu
usullar bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
1.To‘liq tugallanish usuli;
2.Tugallanish foizi usuli;
3.Bosqichli usul;
Dostları ilə paylaş: