2.«Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqish va sotish harajatlarining tarkibi
hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida Nizom». O‘zR
VMning 1999 yil 5 fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan.
3.BHMS № 21 «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy-xo‘jalik
faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma».
O‘z.R. AV tomonidan 2002 yil 23 oktyabrda ro‘yxatga olingan, № 1181.
4.Bobojonov O., Jumaniyazov K. Moliyaviy hisob.- T.: «Moliya», 2002.
5.Voxidov S.V. va boshqalar. Boshqa tarmoqlarda
buxgalteriya hisobi
xususiyatlari. - T.: «O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi adabiyot jamg‘armasi
nashriyoti», 2004.
6.Xasanov B.A., Xashimov A.A. Boshqaruv hisobi. Darslik.– T.:«Iqtisod-
moliya», 2005.
Mavzu 6. QURILISH ISHLARINI BAJARISHDAN OLINGAN
DAROMADLAR VA ULARGA DOIR HISOBLASHISHLARNING HISOBI
Ma’ruza rejasi:
1. Qurilish ishlarini bajarishdan olingan daromadlarning hisobi
2. Qurilish ishlari bo‘yicha buyurtmachilar bilan hisoblashishlarning
hisobi
3. Qurilish ishlarini bajarishda bosh pudratchi va subpudratchilar
o‘rtasidagi hisoblashishlarning hisobi
1. Qurilish ishlarini bajarishdan olingan daromadlarning hisobi
Qurilish ishlarini bajarishdan olinadigan daromadlar
qurilish tashkilotlarida
foyda olishning asosiy manbalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Respublikamizning 2-
son BHMS «Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olingan daromadlar»ga muvofiq qurilish
ishlaridan olingan daromadlarni tan olish va buxgalteriya
hisobida aks ettirish
uchun ular quyidagi shartlarga javob berishi lozim:
birinchidan, qurilish tashkiloti tomonidan daromadga
egalik qilish huquqi
bajarilgan qurilish ishlarining buyurtmachilarga topshirilgan-ligiga
guvohlik
beruvchi tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan bo‘lishi;
Dostları ilə paylaş: