Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/116
tarix16.04.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#98882
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   116
Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Debet
(1) - usul. Soliqqa tortiladigan aylanma QQSsiz belgilanganda: 
Sqqs = Say x S / 100 (1)  
bunda: Sqqs - buyurtmachilardan undiriladigan soliq summasi; 
Say - soliqqa tortiladigan aylanma; 
S - qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi. 
(2)-usul. Soliqqa tortiladigan aylanmada QQS ham hisobga olinganda: 
Sqqs = Tq x S / (S + 100) (2) 
bunda: Tq - qo‘shilgan qiymat solig‘i ham hisobga olingan qurilish ishlari 
qiymati. 
Misol: bajarilgan va buyurtmachiga topshirilgan qurilish ishining qiymati
ma’lumotnoma-schyot-faktura bo‘yicha QQS bilan birgalikda 240 mln. so‘m, 
deylik.
Ushbu misol bo‘yicha sotishdan olingan QQS summasi (2)-formulaga asosan 
topiladi va u 40 mln. so‘mni (240 * 20 % / 120 %) tashkil etadi. Bu holda 
bajarilgan qurilish ishining QQSsiz sotish qiymati 200 mln. so‘mdan (240 -40) 
iborat bo‘ladi.
QQS summasi qurilish ishining QQSsiz sotish qiymatidan (1)-formula 
bo‘yicha hisoblanganda ham 40 mln. so‘mni (200 * 20% / 100 %) tashkil etadi.
Pudratchi tashkilotlarda bajarilgan qurilish ishlariga to‘g‘ri keladigan QQS 
summasi «Bajarilgan ishlar (qilingan harajatlar) qiymati to‘g‘risida ma’lumotnoma 
– schyot-faktura»da alohida qatorda ko‘rsatiladi. QQS summasi buyurtmachilardan 
olinadigan schyotlarning jami summasiga kiritiladi. Hisoblangan QQS summasiga 
quyidagicha yozuv qilinadi: 


Debet 4010 «Olinadigan schyotlar» 
Kredit 6410 «Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz» 
Pudratchi tashkilotlarda byudjetga to‘lanadigan QQS summasi bajarilgan 
ishlarga to‘g‘ri keluvchi QQS summasidan ta’minotchilar (subpudratchilar)ga 
tovar-moddiy resurslar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun ma’lumotnomalar hamda 
schyot-fakturalar asosida to‘langan QQS summasini ayirish yo‘li bilan topiladi.
21-son BHMSga muvofiq ta’minotchilar (subpudratchilar)ga tovar-moddiy 
resurslar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun ma’lumotnomalar va schyot-fakturalar 
asosida to‘langan QQS summasi hisobot davri mobaynida 4410 «Byudjetga 
soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari» schyotining debetida to‘planadi. 
Bunda 6010 «Ta’minotchi va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar», 6100 
«Ajratilgan bo‘linmalar, sho‘’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga to‘lanadigan 
schyotlar», 6990 «Boshqa majburiyatlar» schyotlari kreditlanadi. 
Hisobot davri tugagandan keyingi oyning 15 sanasigacha pudratchi 
tashkilotlar davlat soliq organlariga QQS hisob-kitobini belgilangan shaklda 
taqdim etishlari lozim. Ushbu hisob-kitob asosida 4410 «Byudjetga soliqlar va 
yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari» schyotining debetida to‘plangan summa 
kamaytirishga olib boriladi hamda unga quyidagi buxgalteriya yozuvi qilinadi: 

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin