Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari
Std = Fst (Zst) + Stx + Sbx+ Bom -Gr - Schx -D - F Bu yerda: Stx – soliq solish bazasiga qayta qo‘shiladigan harajatlar;
Sbx – hisobot davrida soliq bazasidan chegirilmaydigan,
lekin kelgusida chegirilib boriladigan harajatlar;
Schx – soliq bazasidan hisobot davrida chegiriladigan
harajatlar;
Bom – beg‘araz olingan mulk;
Gr – olingan grant va subsidiyalar;
D – olingan dividendlar;
F – olingan foizlar
Soliqqa tortiladigan foyda (Stf) – bu soliqqa tortiladigan daromaddan
foyda (daromad) solig‘ini hisoblash uchun imtiyoz sifatida chegirib tashlanadigan
harajatlarni ayirgandan keyin qoladigan foyda summasi, ya’ni : Stf = Std –I Bu yerda : I – imtiyoz sifatida soliqqa tortiladigan daromaddan chegiriladigan
harajatlar.
Soliq solish bazasiga qayta qo‘shiladigan harajatlar deganda «Mahsulot
(ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish harajatlari hamda moliyaviy natijalarni
shakllantirish to‘g‘risida nizom»ga muvofiq moliyaviy natijalarni shakllantirishda
soliqqacha foyda summasini kamaytirishga olib borilgan, hisobotda sotish
tannarxi, davr harajatlari va moliyaviy faoliyat bo‘yicha harajatlar tarkibida aks
ettirilgan harajatlar (masalan, me’yordan ortiq ishlab chiqarishdagi yo‘qotishlar,
me’yordan ortiq vakillik harajatlari, moddiy yordam va kompensatsiyalar, uyali
aloqa xizmatlari harajatlari, qurilish tashkilotining asosiy vositalari va boshqa
aktivlarini sotish va boshqa chiqimlaridan ko‘rilgan zararlar va boshqalar)
tushuniladi. Bunday harajatlarning to‘liq ro‘yxati Nizomning 1-ilovasida
keltirilgan. Soliq qonunchiliga asosan qurilish tashkilotlari soliq solish bazasiga
qayta qo‘shiladigan harajatlarni Nizomda keltirilgan tartibga muvofiq mustaqil
hisoblashlari, ularning summasini foyda (daromad) solig‘i hisob-kitobining
alohida satrida ko‘rsatishlari lozim.
Hisobot