Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari


Foyda (daromad) solig‘i bo‘yicha imtiyozlar



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/116
tarix16.04.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#98882
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   116
Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Debet
Foyda (daromad) solig‘i bo‘yicha imtiyozlar sifatida soliqqa tortiladigan 
daromad summasidan chegirib tashlanadigan harajatlarning turlari, imtiyoz 
me’yorlari Soliq kodeksi va foyda (daromad) solig‘ini hisoblash va to‘lash 
bo‘yicha yo‘riqnomada ochib berilgan.  
Foyda (daromad) solig‘i (Nf) summasi korxonaning soliqqa tortiladigan 
foydasi summasini (Stf) soliq me’yoriga (Sm) ko‘paytirish va 100 foizga bo‘lish 
yo‘li bilan topiladi, ya’ni: 
Nf = Stf *Sm : 100% 
Hisob-kitob asosida hisoblangan daromad (foyda) summasi buxgalteriya 
hisobida quyidagicha aks ettiriladi: 
Debet 9810 «Daromad(foyda) solig‘i bo‘yicha harajatlar» 
Kredit 6410 «Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz» 
Pudratchi tashkilotlarni byudjetga daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha 
qarzlarining to‘lanishiga quyidagicha yozuv qilinadi: 
Debet 6410 «Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz» 
Kredit 5110 «Hisob-kitob schyoti»
Yagona soliq to‘lovining hisob-kitobi va hisobi. Mikrofirma va kichik 
korxonalar maqomidagi qurilish tashkilotlari uchun yagona soliq to‘lovi yagona 
soliq, byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, Respublika yo‘l jamg‘armasi va 
Maktab ta’limini rivojlantirish jamg‘armasiga majburiy ajratmalarni to‘lash o‘rniga 
joriy etilgan. Ushbu soliqni to‘lovchi qurilish tashkilotlarida materiallar (ishlar, 
xizmatlar) harid qilinganda ta’minotchi va subpudratchi tashkilotlarga to‘langan 
QQS summasi material boyliklar (ishlar, xizmatlar) qiymatiga kiritiladi. 
Yagona soliq to‘lovini to‘lovchi qurilish tashkilotlari ixtiyoriy tarzda 
ro‘yxatdan o‘tgan joyidagi davlat soliq xizmati organlariga navbatdagi chorak 
boshlanishiga qadar bir oydan kechiktirmay, yangi barpo etilayotgan mikro va 
kichik korxona maqomidagi qurilish tashkilotlari esa - faoliyatni amalga oshirishni 
boshlashga qadar topshiriladigan ariza asosida qo‘shilgan qiymat solig‘ini 
to‘lashlari mumkin. Yagona soliq to‘lovi to‘lovchilari tomonidan qo‘shilgan 
qiymat solig‘ini to‘lashdan bosh tortish navbatdagi yil boshlanishiga qadar bir 
oydan kechiktirmasdan ro‘yxatdan o‘tgan joyidagi davlat soliq xizmati organlariga 
taqdim etiladigan ariza asosida navbatdagi yilning boshidangina amalga oshiriladi.


Yagona soliq to‘lovini to‘lash ob’ekti bo‘lib qurilish tashkilotlarining barcha 
faoliyat turlaridan olgan yalpi tushumi hisoblanadi. Yagona soliq to‘lovi summasi 
yalpi tushum summasini ushbu soliqning belgilangan me’yoriga ko‘paytirish yo‘li 
bilan topiladi. Bunda, ixtiyoriy tarzda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchilar 
uchun yagona soliq to‘lovi summasi byudjetga to‘lanadigan qo‘shilgan qiymat 
solig‘i summasiga, biroq yagona soliq to‘lovi summasining 50 foizidan ortiq 
bo‘lmagan miqdoriga kamayadi.
Yagona soliq to‘loviga tortiladigan yalpi tushum tarkibiga quyidagilar 
kiritiladi: 
1.O‘z kuchlari bilan bajarilgan qurilish, qurilish-montaj, ta’mirlash-qurilish, 
ishga tushirish-sozlash, loyihalash-qidiruv ishlarining hajmi. 
2.Asosiy faoliyatdan boshqa daromadlar, ya’ni: a) undirilgan yoki qarzdor 
e’tirof etgan jarimalar, penyalar, neustoykalar hamda xo‘jalik shartnomalarining 
shartlarini buzganlik uchun boshqa jazo turlari; b) hisobot yilida aniqlangan o‘tgan 
yillar daromadlari; v) renta daromadi, qurilish tashkiloti huzuridagi oshxonalardan 
tushumlar, boshqa xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklardan tushumlar; g) asosiy 
vositalar va boshqa mol-mulkni sotishdan daromadlar; d) kreditorlik va 
deponentlik qarzini qonun bilan belgilangan tartibda hisobdan chiqarishdan 
olingan daromadlar; ye) tovar-moddiy boyliklarini qo‘shimcha baholash; j) tekin 
moliyaviy yordam, shu jumladan, tekinga olingan mol-mulk; z) qisqa muddatli 
ijaradan daromadlar; i) ilgari chiqarib tashlangan harajatlarni qoplash tariqasida 
olingan daromadlardan tashqari boshqa operatsion daromadlar; 
3.Moliyaviy faoliyatdan daromadlar, ya’ni: a) olingan royalti va kapital 
transferti; b) O‘zbekiston Respublikasi hududi va undan tashqarida boshqa xo‘jalik 
yurituvchi sub’ektlar faoliyatida ulushli ishtirok etishdan olingan daromadlar, 
aksiyalar bo‘yicha dividendlar hamda obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar 
bo‘yicha daromadlar; v) mol-mulkni uzoq muddatli ijara (lizing)ga berishdan 
daromad (marja); g) chet el valyutasidagi operatsiyalar bo‘yicha kursdagi farqdan 
daromadlar (musbat va manfiy kurs farqlari o‘rtasidagi saldo), bunda manfiy kurs 
farqi summasi musbat kurs farqi summasidan oshib ketgan holda oshib ketish 
summasi yagona soliq to‘lovini hisoblab chiqayotganda soliq solinadigan bazani 
kamaytirmaydi; d) qimmatli qog‘ozlar, shu’ba korxonalar va hokazolarga 
qo‘yilgan mablag‘larni qayta baholashlarni o‘tkazishdan daromadlar; ye) 
moliyaviy faoliyatdan boshqa daromadlar; 
4.Favqulodda daromadlar. 
Soliq solinadigan yalpi tushum hisoblab chiqilayotganda quyidagilar yalpi 
tushumdan chiqarib tashlanadi: 
a) ixtyoriy ravishda o‘z arizasiga ko‘ra qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar 
uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi;
b) davlat subsidiyalari summasi; 
v) davlat obligatsiyalari va boshqa davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha 
daromadlar; 
g) to‘lov manbaida soliq to‘langanligini tasdiqlaydigan hujjatlar 
(ma’lumotnoma) mavjudligida dividendlar va foizlar. 


Yagona soliq to‘lovi har chorakda o‘sib boruvchi yakun bilan hisob-kitobni 
topshirish muddatidan kechiktirmay to‘lanadi.
Yagona soliq to‘lovi bo‘yicha hisob-kitoblarning buxgalteriya hisobi 6410 
«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz» schyotida yuritiladi. Belgilangan tartibda 
hisoblab chiqilgan yagona soliq to‘lovi buxgalteriya hisobida quyidagi yozuv bilan 
aks ettiriladi: 

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin