Debet Harajat schyotlari (2010, 2310, 2510, 9410, 9420, 9210, 0810)
Kredit 6520 «Davlatning maqsadli fondlariga to‘lovlar»
Xodimlarga hisoblangan ish haqidan pensiya fondiga 2,5 foizlik majburiy
ushlanmaning ushlab qolinishi hisobda quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 6710 «Xodim bilan ish haqi bo‘yicha hisoblashishlar»
Kredit 6520 «Davlatning maqsadli fondlariga to‘lovlar»
Respublika yo‘l fondiga sotib olingan yangi avtotransport vositalari uchun
to‘langan majburiy yig‘im summasi 5-son BHMS «Asosiy vositalar»ga muvofiq
ularning boshlang‘ich qiymatiga kiritiladi va hisobda quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 0820 «Asosiy vositalarni sotib olish»
Kredit 6520 «Davlatning maqsadli fondlariga to‘lovlar»
Davlatning maqsadli fondlariga majburiy ajratma va ushlanmalarning o‘tqazib
berilishi hisobda quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 6520 «Davlatning maqsadli fondlariga to‘lovlar»
Kredit 5110 «Hisob-kitob schyoti»
Yagona soliq to‘lovi rejimida faoliyat ko‘rsatayotgan qurilish tashkilotlari
yuqorida nomlari keltirilgan ushbu majburiy ajratmalarning to‘lovchilari
hisoblanmaydilar.
TAYANCH IBORALAR Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromad Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar Moliyaviy faoliyatdan daromad Favqulotdagi foyda va zararlar Davr harajatlari Moliyaviy faoliyatga doir harajatlar Asosiy faoliyatdan olingan foyda (zarar) Umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda (zarar) Soliqqacha foyda (zarar) Soliqqa tortiladigan foyda Sof taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) Foydaning ishlatilishi Bevosita va bivosita soliqlar