Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/116
tarix16.04.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#98882
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   116
Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari

 
 
 
 
 
 
 


 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Mavzu 4. QURILISH TASHKILOTLARIDA MEHNATGA HAQ 
TO‘LASH BO‘YICHA HISOB - KITOBLARNING HISOBI 
 
 
Ma’ruza rejasi: 
 
1. Qurilish tashkilotlarida mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob- 
kitoblarni tashkil qilish asoslari 
2. Qurilish tashkilotlarida mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob- 
kitoblarning sintetik va analitik hisobi 
3. Qurilish tashkilotlarida mehnatga haq to‘lash harajatlarining
taqsimoti 
 
1. Qurilish tashkilotlarida mehnatga haq to‘lash bo‘yicha 
hisob-kitoblarni tashkil qilish asoslari 
Qurilish tashkilotlari tomonidan qurilish ishlarini bajarish ularda turli 
ixtisoslikka ega bo‘lgan mutaxassislar jamosini shakllantirishni, shuningdek mos 
ravishda ular mehnati hamda mehnatiga haq to‘lash tizimlarini tashkil qilishni 
taqozo etadi. 
Qurilish tashkilotlarida ishlovchi xodimlar ikkita guruhga bo‘linadi: (1) asosiy 
xodimlar; (2) asosiy bo‘lmagan xodimlar. 
Asosiy xodimlar deganda qurilish tashkilotlarining shtat jadvalida 
belgilangan lavozimlarni egallab turgan xodimlar tushuniladi. Bunday xodimlar 
tarkibiga 
injener-loyihachilar, 
injener-quruvchilar, 
prorablar, 
masterlar, 
mexaniklar, elektriklar, slesarlar, ganchkorlar, pardozlovchilar, taxtaga ishlov 
beruvchi va ulardan turli tayyor moslamalar yasovchi ustalar, g‘isht teruvchilar, 
ombor mudirlari, ta’minotchilar va shu kabi boshqa xodimlar kiradi. 
Asosiy bo‘lmagan xodimlar deganda individual mehnat shartnomasiga ko‘ra
alohida ishlarni bajarish uchun vaqtinchalik ishga olingan xodimlar tushuniladi.


Qurilish tashkilotlarida xodimlarni ishga olish va ishdan bo‘shatish, ular bilan 
mehnat sharnomalarini tuzish hamda uni bekor qilish respublikamiz qonun 
hujjatlari asosida amalga oshiriladi. 
Qurilish tashkilotlarining xodimlar bo‘limi ishga qabul qilingan xodimlar 
hisobini belgilangan tartibda yuritadi. Qurilish ishlari olib borilayotgan joylarda 
xodimlarning ishga kelishi, ular tomonidan bajarilgan ishlarning dastlabki hisobi 
registrlari (ishga chiqish hisobi tabeli, naryadlar, hisobotlar, ma’lumotnomalar, 
dalolatnomalar)ni tuzish hamda yuritish uchastka boshlig‘lari (prorablar, masterlar, 
brigadirlar)ga yuklatiladi. 
Qurilish tashkilotlarida mehnatga haq to‘lash vaqtbay va ishbay shakllarda 
amalga oshiriladi. Ushbu shakllarning qo‘llanilishi qurilish tashkilotining ichki 
me’yoriy hujjatlari (jamoa va individual mehnat shartnomalari) bilan tartibga 
solinadi.
Ish haqi hisoblashning vaqtbay shakli asosan ma’muriy-boshqaruv hamda 
injener-texnik xodimlar uchun qo‘llaniladi. Ushbu shaklda mehnatga haq to‘lash 
uchun asos bo‘lib qurilish tashkiloti rahbari tomonidan tasdiqlangan shtat jadvali, 
tarif razryadi, tarif razryadi bo‘yicha belgilangan maosh, xodimlarning haqiqatda 
ishlagan vaqti hisobi tabeli hisoblanadi.
Ma’muriy-boshqaruv hamda injener-texnik xodimlarga hisobot oyida 
hisoblanadigan asosiy ish haqi ularga belgilangan maoshni shu oydagi ish kunlari 
soniga bo‘lish va haqiqatda igshlagan kunlari soniga ko‘paytirish yo‘li bilan 
topiladi. Hisobot oyida to‘liq ishlagan xodimlarga asosiy ish haqi belgilangan 
maosh miqdorida hisoblanadi.
Mehnat va jamoa shartnomalarida ma’muriy-boshqaruv hamda injener-texnik 
xodimlarga erishilgan yutuqlar uchun qo‘shimcha tarzda mukofatlar berish ham 
ko‘zda tutiladi. Shu bois, vaqtbay shakl boshqachasiga vaqtbay-mukofatli shakl 
ham deb ataladi. Xodimlarga beriladigan mukofatning miqdori qurilish tashkiloti 
rahbarining buyrug‘i bilan belgilanadi. 
Ish haqi hisoblashning ishba 
y shakli bevosita qurilish ishlarini olib 
boruvchi xodimlar uchun qo‘llaniladi. Bunday xodimlarga ishchilar, maxsus 
mashina va mexanizmlarni boshqaruvchi mashinistlar, transport vositalarining 
haydovchilari, masterlar, prorablar, brigadirlar va boshqalar kiradi. Ushbu shaklda 
mehnatga haq to‘lash uchun asos bo‘lib qurilish tashkiloti rahbari tomonidan 
tasdiqlangan shtat jadvali, tarif razryadi, tarif razryadi bo‘yicha belgilangan maosh, 
bir birlik ish uchun tasdiqlangan mehnat haqi me’yori (rassenka), xodimlarning 
haqiqatda ishlagan vaqti hisobi tabeli, bajarilgan ish hajmi to‘g‘risida hisobotlar, 
bildirgi-naryadlar, ma’lumotnomalar va dalolatnomalar hisoblanadi.
Qurilish ishlari, odatda, jamoa, ya’ni brigada tomonidan bajariladi. Bajarilgan 
ishlar yaxlit jamoaning (brigadaning) mehnati sifatida tavsiflanadi. Mos ravishda 
hisoblangan ish haqi ham jami jamoa (brigada) uchun hisoblangan ish haqi 
hisoblanadi. Ish haqini hisoblashning bunday tizimi adabiyotlarda «akkord», 
«akkord-naryad» tizimi, deb ham e’tirof etiladi. 

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin