Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari


Bevositalar soliqlar yoki to‘g‘ri soliqlar



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/116
tarix16.04.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#98882
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   116
Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari

Bevositalar soliqlar yoki to‘g‘ri soliqlar deganda qurilish tashkilotlarining 
moliyaviy xo‘jalik faoliyati ko‘rsatkichlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan soliqlar 
tushuniladi. Ushbu soliqlar harajatlarni ko‘paytirish yoki olingan daromadning bir 
qismini undirish hisobidan pirovard natijada erishiladigan sof foyda summasini 
kamaytirishga olib keladigan soliqlar hisoblanadi. Davlatimiz soliq siyosati 
negizida bu soliq turlari yukini doimiy kamaytirib borish, ularning rag‘batlantirish 
rolini oshirish yotadi.
Bilvositalar soliqlar yoki egri soliqlar deganda qurilish tashkilotlarining 
moliyaviy xo‘jalik faoliyati ko‘rsatkichlariga bevosita ta’sir ko‘rsatmaydigan 
soliqlar tushuniladi. Ushbu soliqlar sotilgan mahsulot, tovar, ish va xizmatlar 
bahosi ustiga byudjet foydasi uchun qo‘yiladigan ustamalardir. Dividend va 
xodimlar daromadlaridan undiriladigan soliqlarning egri soliqlar guruhiga kirishiga 
sabab shundaki, ular qurilish tashkilotlari harajatlarini ko‘paytirish yoki olingan 
sof foydani kamaytirishga olib kelmaydi. Qurilish tashkilotlari dividend va 
xodimlar daromadidan soliqlarni byudjetga o‘tkazib berishda beg‘araz xizmat 
ko‘rsatuvchilar bo‘lib hisoblanadi. 
Qurilish tashkilotlarida bevosita va bilvosita soliqlarni hisob-kitob qilish, 
ularni byudjetga o‘tkazib berish respublikamiz Soliq kodeksida belgilangan 
umumiy tartiblarga asosan amalga oshiriladi. Shu bilan birga qurilish ishlarining 
uzoq muddatlarda olib borilishi, ularni bosh pudratchi va subpudratchilar 
tomonidan o‘z kuchlari bilan hamda hamkorlikda bajarilishi, daromadning 
bosqichma-bosqich yoki yoppasiga topshirish usullaridan biri bo‘yicha tan olinishi, 
shuningdek boshqa jihatlar ayrim soliqlarning hisob-kitob qilinishida o‘ziga xos
xususiyatlar borligidan darak beradi. Quyida qurilish tashkilotlarida QQS, daromad 
(foyda) solig‘i va yagona soliq to‘lovini hisob-kitob qilish hamda ularni hisobga 
olishdagi xususiyatlarga to‘xtalamiz. 

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin