Qurilishni boshqarish


Oltita o’zgarmas haroratlar



Yüklə 219,47 Kb.
səhifə4/10
tarix07.01.2024
ölçüsü219,47 Kb.
#205366
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1Musurmonov Yunusbek Kurs ishi (1)

Oltita o’zgarmas haroratlar:



1. Kislorodning qaynash nuqtasi: 182,97°C.

2. Suvning bir vaqtda uch holatda (muz, suv, bug') bo'lish nuqtasi: 
0,01°C.

3. Suvning qaynash nuqtasi: + 100°C.

4. Oltingugurtning qaynash nuqtasi: +444,6°C.

5. Kumushning qotish nuqtasi: +961,93"C.

6. Oltinning qotish nuqtasi: +1064,43eC

1-jadval
Bu shartli nuqtalarga asoslanib, etalon o'lchov asboblarining shkalasi darajalanadi.
Qattiq, suyuq va gazsimon moddalarning temperaturasini o'lchash uchun amalda turli xil qurilmalar - termometrlar qo'llaniladi. Temperaturani o'lchash usuliga ko'ra barcha termometrlar ikki guruhga bo'linadi: kontaktli va kontaktsiz (Bevosita muhit bilan kontaktda bo'ladigan va muhit bilan kontaktda bo'lmaydigan.) Birinchi guruhga kengayish termometrlari, manometrik termometrlar, termoelektrik termometrlar va qarshilik termometrlari (termistorlar) kiradi. Ikkinchi guruhga esa turli turdagi pirometrlar kiradi.
Manommetrik termometrlar
Manometrik termometrlarning ishlash usuli geometrik yopiq hajm ichiga joylashtirilgan termometrik moddalarning (gaz, suyuqlik va kondensatsion suyuqlik), hajmi o'zgarmagan holda bosimining o'zgarishi, ular kiritilgan muhit temperaturasiga bog'liqligiga asoslangan.Geometrik hajmning qanday modda bilan to'ldirilganligiga qarab, manometrik termometrlar gazli, suyuqlikli va kondensatsion (tez bug'lanuvchi suyuqlik) bo'lishi mumkin. Har birining ishlash usuli gazli manometrik termometr bilan bir xil.


Manometrik termometr



Manometrik termometr.Gaz o'lchagich termometrlari azot yoki geliy bilan to'ldiriladi. Haroratni o'lchash oralig'i -200 dan + 800 ° C gacha bo'lishi mumkin (GOST 16920-93). Tarozi bir tekisda. Gaz o'lchagich termometrlarining ko'rsatkichlari, agar lampochkaning haroratidan farq qiladigan bo'lsa, kapillyar naychaning harorati ta'sir qiladi. Ushbu xatoni kamaytirish uchun termometrik balonda kapillyar naycha hajmidan bir necha baravar ko'p hajm mavjud. Xatoni bartaraf etishga maxsus kompensatsion qurilmalar yordamida erishiladi. o'lchash diapazoni -150 dan 400 °

1.1.2- rasm
Sezgir element - termoballonbosim o'zgarishini uzatuvchi kapillyar (trubka nay)manometrik prujinatishli uzatmao'lchov o'zgarishining ko'rsatkichi,hamda ko'rsatish darajasidan iborat.
Manometrik termometrlarda ishchi modda sifatida quyidagilar xarakterlanadi:
a) suyuqlikli termometrlarda: simob- temperaturani o'lchash chegarasi -30°C dan +550°C, ksilol (-40°C dan +400°C), metil spirti (-40°C dan +150°C) gacha;
b) gazli termometrlarda: azot yoki geliy -130°C dan +350°C gacha chegaradagi temperaturani o'lchash uchun;
d) kondensatsion termometrlarda: xlormetil -20° С dan +100° С gacha, xloretil 20°C dan 170°C gacha, benzol 90°C dan 200°C gacha chegarada temperaturani o'lchash uchun qo'llaniladi.

1.2 termoelektrik termometrlar


Temperaturani masofadan turib o'lchash uchun termoelektrik termometrlar qo'llaniladi.Termoelektr o'zgartgich (termopara), ikkilamchi o'lchov asbobi va birlamchi simlardan tuzilgan qurilma termoelektrik termometr deb nomlanadi. Termoelektrik termometr yordamida temperaturani o'lchash 1821-yilda T. Zeebek tomonidan yaratilgan «termoelektrik o’zgartgich» kashfiyoti asosida amalga oshiriladi.

Yüklə 219,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin