Quritish jarayonining variantlari


Quritish qurilmalari to’g’risida adabiyotlar sharhi



Yüklə 424,22 Kb.
səhifə7/19
tarix23.12.2022
ölçüsü424,22 Kb.
#77623
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
ITI uchun malumot.

1. Quritish qurilmalari to’g’risida adabiyotlar sharhi.

Sanoatda turli tipdagi quritkichlar ishlatiladi. Quritgichlar bir-biridan turli belgilar bilan farq qiladi. Nam materialga issiqlik berish usuliga ko`ra quritkichlar konvektiv, kontaktli va boshqa turdagi quritgichlarga bo`linadi. Issiqlik tashuvchi sifatida havo, gaz yoki bug’ ishlatilishi mumkin. Quritish kamerasidagi bosimning qiymatiga ko`ra atmosferali va vakuumli quritgichlar bo`ladi. Jarayonni tashkil qilish bo`yicha davriy va uzluksiz ishlaydigan quritkichlar mavjud. Konvektiv quritgichlarda material va qurituvchi agent bir-biriga nisbatan to`g’ri, qarama-qarshi yoki perpendikulyar harakat qilishi mumkin. Quritilishi lozim bo`lgan material donasimon, kukunsimon, pastasimon yoki suyuq holatda bo`ladi. Qurituvchi agentning bosimini hosil qilish uchun tabiiy yoki majburiy tsirkulyatsiya ishlatiladi. Donasimon materiallar ishlatilganda qatlam zich, kengaytirilgan, mavhum qaynash va fontansimon holatlarda bo`ladi. Qurituvchi agent bug’, issiq suv, olov bilan ishlaydigan kaloriferlarda yoki elektr toki yordamida isitiladi. Quritish jarayonining har xil variantlaridan keng foydalaniladi: ishlatilgan qurituvchi agentni quritkichdan chiqarib yuborish, qurituvchi agentdan takror foydalanish, qurituvchi agentni quritish kameralari oralig’ida qizdirish, qurituvchi agentni quritish kameralariga bo`lib berish, qurituvchi agentni quritish kamerasida qӯshimcha ravishda qizdirish, o`zgaruvchan issiqlik maydonidan foydalanish (issiq va sovuq havoni material qatlamiga ketma-ket almashtirib berish) va hokazo.

Konstruktiv tuzilishiga ko`ra quritish qurilmalari har xil bo`ladi. Sanoatda shkafli, kamerali, koridorli (tunelli), shaxtali, barabanli, trubali, shnekli, tsilindrsimon, turbinali, kaskadli, karuselli, konveyerli, pnevmatik, sochib beruvchi va boshqa konstruktsiyali quritgichlar ishlatiladi.


4. Spetsifikatsiya..........................................................................................................


Yüklə 424,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin