BILET Davan davlati hamda Qang‘ davlatini o‘zaro taqqoslang.
Farg‘ona vodiysining qadimgi davr tarixi yetarli darajada o‘rganilmagan. Tarixiy yozma manbalarda ham bu haqida deyarlli hech qanday ma’lumotlar uchramaydi. Faqat Xitoy manbalarida ba’zi bir qisqa, uzuq-yuluq ma’lumotlar uchrab turadi. Buning sababi Farg‘ona vodiysining Xitoy bilan hududiy jihatdan chegaradosh va yaqin bo‘lganligidir. Qadimgi Farg‘onaning tarixi haqida Xitoy manbalarida Davan davlati bo‘lganligi tilga olinadi. Ammo bu davlatning qachon paydo bo‘lganligi va inqirozga yuz tutib, qachon tarix sahnasidan tushganligi masalasida hech narsa deyilmagan. Davlat taxminan, mil. avv 111 asrda paydo bo‘lib, Farg‘ona vodiysida joylashgan. Davan davlatining mil. avv. 11-1 asrlarda qudratli davlat uyushmasi bo‘lganligi ma’lum xolos. Mil. avv. VI-IV asrlarda Markaziy Osiyoning Baqtriya, Parfiya, Marg‘iyona, Sug‘d, Xorazm kabi o‘lkalari Eron ahamoniylari tomonidan bosib olinganida qadimgi Farg‘ona bunday tobelikdan ozod bo‘lgan. Bu davlat Xorazm davlati singari Makedoniyalik Iskandarga ham tobe bo‘lmagan. Manbalarda Farg‘ona vodiysining qadimda Salavkiylar davlati tarkibida bo‘lganligi haqida ham hech qanday ma’lumotlar m, avjud emas. Yunon manbalarida salavkiylarning lashkarboshisi Demodam mil.avv.28()-yilda Yaksart (Sirdaryo)dan o‘tib yunon xudosi Appolon sha’niga altar (mehrob) (olovxona) o‘matdi degan manbalar ham mavjud. Antik davr tarixchilari Yunon-Baqtriya podsholaridan bin Sharqiy Turkistonga Farg‘ona orqali bir marta qo‘shin tortib borganligini qayd qilish bilan cheklanganlar. Bundan yana bir marta ma’lumot paydo bo‘ladi, Farg‘ona davlati — Davan mil.avv.il asrda emas, balki mil.avv.IV yoki III asrlardayoq tarix sahnasida mavjudligi ma’lum bo‘ladi. U paytda bu davlatning nomi Parkana deb ham atalgan. Davan nomi esa Xitoyliklar tomonidan berilgan nomdir. Ba’zi yozma manbalar xitoy manbalarda, mil.avv.11-1 asrlarda Davan aholisi ko‘p dehqonchilik va hunarmandchilik xo‘jaliklari yuksak darajada rivojlangan, shaharlarga boy va kuchli qo‘shinga ega bo‘lgan mamlakat edi. Buni arxeologiyaga oid topilmalar ham tasdiqlaydi. Olimlar tomonidan Davan tarixining bu davri Sho‘rabashat bosqini deb ham ataladi. Sho‘rabashat O‘zgan shahri yaaqinida joylashgan bo‘lib, bu vodiyning shaharlaridan biri bo‘lgan, uning yer maydoni 70 gektarga teng edi. Qang’ davlati, Qanhxa (qad. xitoy manbalarida Kangkiya, zamonaviy o’qilishda Kangjyuy, rus adabiyotida Kangyuy) — qadimda Sirdaryoning o’rta havzasida mavjud bo’lgan davlat (mil. av. 3 — mil. 5-asr o’rtalari). Ayrim adabiyotlarda ushbu davlat aholisi ham uning nomlari bilan ataladi.K,Shoniyozov likricha, Qang’ sharqda Farg’ona (Davan, Dayyuan), shim.sharqda Usun (Uysun) davlatlari, shim.-g’arbda Sarisu, g’arbda Sirdaryoning quyi oqimi bilan chegaradosh bo’lgan. Xitoy manbalariga ko’ra, Qang’ning jan. hududiga hozirgi O’zbekistonning Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Kattaqo’rg’on va Urganch tumanlari kirgan bo’lib, uning chegarasi Amudaryoga borib taqaladi. Qang’ davlatining qishki poytaxt shaharlari Bityan va Sushiye bo’lgan. Mill.avv 3-asrda unga saklar asos solgan.Uning poytaxti