Barcha fandan imtihon javoblariniyuklab olish uchun telegram kanalimizga obuna bo'ling!
demokratik tartibga qarshi oligarxiya tartibini yoklab chiqdi. O’rtadagi qarama-qarshilik butun Yunoniston uchun halokatli bo’lgan Peloponnes urushini (miloddan avvalgi 431 -404) keltirib chiqardi. Urushda mag’lubiyatga uchragan Afina o’zining Yunonistonda tutgan yetakchilik mavqeini yo’qotdi. “Ultimatum” atamasiga izoh bering.
Ultimatum (lot. ultimus — eng oxirgi, so‘nggi) — xalqaro huquqda biron masala yuzasidan bir davlat hukumatining boshqa davlat hukumati oldiga diplomatik hujjatda yoki og‘zaki shaklda bayon qilingan, hech qanday bahs yoki e’tirozga o‘rin qoldirmaydigan qat’iy talabi; U. qo‘ygan hukumat agar bu talab ko‘rsatilgan muddatda bajarilmasa muayyan choralar koTishini bildiradi. BILET Oltin O‘rda xonligi haqida ma’lumot bering.
Oltin oTda, Jo‘ji ulusi 13-aning 40-yillari boshida Jo‘jixonning o‘g‘li Botuxon (1238—1255) tomonidan asos solingan davlat. 1224-yilJo‘ji ulusi Xorazm,Shimoliy Kavkazdan iborat edi. 1236—40 yillarda Botuxonningyurishlari natijasida Volga bulg‘orlari yurti, Dashti Qipchoq, Qrim, G‘arbiy Sibir, Oltin O‘rdaga qo‘shib olindi. Rus knyazlari Oltin O‘rdaga qaram bo‘lib, xiroj to‘lab turganlar. Rus manbalarida bu davlat Oltin O‘rda, Sharq manbalarida Jo‘ji ulusi deb atalgan. Oltin O‘rda markazi Botuxon davrida Quyi Volgada, Saroy Botu edi. Berkaxon (1255—66) davrida Saroy Berkaga ko‘chirildi. Oltin O‘rda oldin mo‘g‘ul qoniga qaram bo‘lib, Botuning inisi Berka davrida mustaqillikka erishdi. Saroy Botu, Saroy Berka, Urganch,Sudak, Qofa (Feodosiya), Azoq savdo markazlari edi. Oltin O‘rdani xon boshqargan. Zarurat tug‘ilganda qurultoy chaqirilgan. Davlat ishlari bilan beklarbegi shug‘ullangan. Devon ishlarini vazir boshqargan. Soliq yig‘ish dorug‘a ixtiyorida bo‘lgan. Zarur paytlarda bosqoqlar jo‘natilgan. Yana quyidagi mansab va amallar bo‘lgan: alpaut (zodagon), tuman, tumanbegi, elchi, bosqoq, devon bitikchisi, tamg‘ach (boj yig‘uvchi), timoqchi (tarozi-bon), shusunchi (ta’minotchi), yurtchi (me’mor), yo‘l arachi (yo‘l noziri), tutqovul (qorovul), ko‘pirchi, kemachi, yomchi, ovchi. Jaloliddin Manguberdining O‘zbekiston tarixida tutgan o‘rni haqida ayting.
Jaloliddin Manguberdi (to’liq ismi —Jaloliddin Abulmuzaffar Manguberdi ibn Muhammad) (1198—1231) — Xorazmshohlar davlatining so’nggi hukmdori (1220-yildan), Alovuddin Muhammad II ning to’ng’ich o’g’li. U 33 yil umr ko’radi va uni 11 yili jang ichida o’tadi. Onasi — Oychechak turkman kanizaklardan bo’lgan. Jaloliddin burnida xoli (mank) bo’lgani uchun Mankbumi nomi bilan atalgan. Keyinchalik bu nom talaffuzda o’zgarib "Manguberdi" nomi bilan mashhur bo Tib ketgan. Jaloliddin Manguberdi voyaga yetgach, otasi uni G’azna, Bomiyon, G’ur, Bust, Takinobod, Zamindovar va Hindiston hududlarigacha bo’lgan yerlarga hokim va taxt vorisi etib tayinlagan (1215). Jaloliddin Manguberdi otasining harbiy yurishlarida ishtirok etib, o’zining jasurjangchi, iqtidorli sarkardalik qobiliyatlarini namoyish etgan. Chingizxon katta qo’shin to’plab Jaloliddin Manguberdiga qarshi shaxsan o’zi otlangan. Fapdiz qal’asi yaqinida Jaloliddin Manguberdi Chingizxon qo’shinining ilg’orini tor-mor keltiradi va kuchi ozligi sababli Sind (Hind) daryosi tomon chekinadi. Chingizxon qo’shini Jaloliddin Manguberdini daryodan utishiga imkon bermay qurshab oladi. 1221-yil 25- noyabrda bo’lgan tengsiz jangda (qarang Sind daryosi bo’yidagi jang) mag’lubiyatga uchragan Jaloliddin Manguberdi 4000 jangchisi bilan Sindning o’ng sohiliga suzib o’tib, cho’l ichkarisiga kirib ketdi (Bu cho’l hozirda ham Cho’li Jaloliy deb ataladi). Chingizxon Jaloliddin Manguberdining bu jasoratidan hayratda qolib, o’z o’g’illariga qarab: "Ota o’g’il mana shunday bo’lishi lozim!", degan. Mayofariqin viloyatidagi qishloqlardan birida mo’g’ullar