Quyosh sistemasi



Yüklə 19,84 Kb.
səhifə5/7
tarix24.12.2023
ölçüsü19,84 Kb.
#191324
1   2   3   4   5   6   7
куёш системаси PowerPoint (1)

Asteroidlar

  • (yulduzsimon- kichik sayyoralar). Quyosh tizimidagi qirrasimon qattiq osmon jismlari bo’lib, ularning ko’pchiligi Mars va Yupiter orbitalari oralig’ida Quyosh atrofida aylanadi. Asteroidlarning enga kattalari Serera, Pallada, Vesta va Yunonaning diametrlari 768, 489, 385 va 193 km.dir. Ular Quyosh sayyoralar aylangan tomonga qarab harakat qilishadi. Asteroidlar Mars va Yupiter oralig’idagi sayyorani bir necha million yillar ilgari portlashi natijasida hosil bo’lgan degan g’oya mavjud. Asteroidlar changlarni to’planishi va zichlanishi natijasida hosil bo’lgan dgan fikr ham bor.

Meteorlar

  • (grekcha metеoros-tepadagi, tepada turgan ma’nosida). Uncha katta bo’lmagan qattiq jismlarni atmosferaga kosmik tezlikda kirib kelishi natijasida atmosferada ro’y beradigan qisqa lahzali chaqnash. Zarralar yoki qattiq jismlar atmosferaga kirib kelganda 2000-30000 haroratgacha qizib ketadi. Natijada ularning yuzasi tez suratlar bilan bug’lana boshlaydi. Atmosferaga kirib kelgan jismning hajmi qancha katta bo’lsa, chaqnash shuncha kuchliroq bo’ladi. Eng yirik chaqnashlar olov sharga o’xshaydi, ular atmosferadan juda katta shovqin bilan o’tadi. Bunday chaqnash bolid deb ataladi.

Meteroidlar

  • (grekcha meteora-koinot hodisasi). Fazodan yer yuzasiga tushadigan tosh yoki temir holdagi osmpn jismlari. Ular asteroidlarning (kichik sayyoralarning) parchalari hisoblanadi. Ularning og’irligi bir necha grammdan bir necha tonnagacha boradi. Meteroidlarning Yerga tushishi juda katta chaqnash, shovqin bilan kuzatiladi. Bu paytta osmonda uchib kelayotgan olovli shar ko’rinadi (bolid). Meteroid yerga urilganda yer yuzasida chuqurlar va xandaklar hosil bo’ladi. Arizonaga tushgan meteroid diametri 1200 metr, chuqurligi 200 metrli bolidni hosil qilgan.

Kometalar

  • (grekcha kometos – uzun sochli ma’nosida). Quyosh tizimidagi o’ziga xos osmon jismidir. To’la shakllangan kometa quyidagi qismlardan iborat: qattiq jismdan iborat, diametri bir necha km keladigan va ravshan ko’rinib turadigan yadro; uzunligi bir necha 100 mln. km. keladigan dum. Ayrim kometalar dumining uzunligi 900 mln.km.ga yetadi.
  • Kometalar sovuq jismlardir. Quyosh nuri kometalarga tushib qaytganda ularni ko’rish mumkin. Kometalar keyinchalik Quyosh nuridan qizib, o’zlari ham yorug’lik socha boshlaydi.

Yüklə 19,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin