«qxmt» kafedrasi «Qishloq xo‘jalik maxsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi» yo‘nalishidagi talabalar uchun


Agrokimyo fanini o‘rganish va tekshirish



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə4/67
tarix29.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#104821
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
Agrokimyodan ma\'ruza matni 2017

Agrokimyo fanini o‘rganish va tekshirish
usullari
Agrokimyoviy tekshirishlarda qo‘llaniladigan asosiy usullar ikki guruhga bo‘linadi: biologik va laboratoriya usullari. Bu usullar deyarli birgalikda qo‘llanilib, bir-birini to‘ldiradi.
1) biologik usullar: dala tajribalari, vegetatsion va lizimetrik usullardan ibort bo‘ladi.
Dala tajribasi usuli - ta’sir qiluvchi sharoitlar yoki ekinlarning parvarish qilish usullarini ekinlar hosiliga ta’sirini aniqlash maqsadida tabiiy sharoitda, ya’ni dalaning o‘zida maxsus ajratilgan maydonlarda olib boriladi. Dala tajribasi turli tuproq-iqlim sharoitlarida agrotexnika va boshqa omillarga bog‘liq holda qo‘llaniladigan o‘g‘itlarning samaradorligini o‘rganishning asosiy usulidir.
Vegetatsion usul - alohida omillardan har birini o‘simliklarning o‘sishi, rivojlanishi, moddalar almashinuvi, oziqlanishi va hosiliga ta’sirini tekshirib ko‘rishga imkon beradi. Vegetatsion tajribalarda o‘simliklar shishadan yasalgan maxsus uychalarda, suvli, qumli va tuproqli muhitlarda sim to‘r ostida o‘stiriladi. Vegetatsion tajribalarda o‘simliklarning oziqlanish sharoitlarini va ma’lum darajada tashqi muhit sharoitlari - nam rejimi, yorug‘lik, harorat va shu kabi omillarni ham qat’iy tekshirish ham boshqarib turish mumkin bo‘ladi. Olib boriladigan tadqiqotlarning maqsadiga qarab, vegetatsion tajribalar mustaqil ahamiyatga ega bo‘lishi yoki dala tajribasiga qo‘shimcha ravishda o‘tkazilishi mumkin.
Lizimetrik usul - tabiiy sharoitda maxsus qurilmalar - lizimetrlar yordamida tuproq qatlamlarida suvning harakati va sizib o‘tishini o‘rganishga yordam beradi. Agrokimyoviy tadqiqotlarda lizimetrik usul o‘g‘itlar bilan qilinadigan tajribalarda suv rejimini, mineral tuzlarning va ekinga solinadigan o‘g‘itlarning tuproqdan yuvilib ketishi darajasini o‘rganishda, shuningdek tuproqdagi oziq moddalar balansini, ularning tuproqqa tushishi bilan o‘simliklar tomonidan olib chiqib ketilishi va yo‘qoladigan miqdorlarini taqqoslab ko‘rishda qo‘llaniladi.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin