O‘zbekistonda agrokimyoviy tadqiqotlarning boshlanishi va uning rivojlanishiga xissa qo‘shgan olimlar O‘rta Osiyoda, xususan O‘zbekistonda agrokimyoviy tadqiqotlarning boshlanishi, asosan chor Rossiyasining O‘rta Osiyoni bosib olishi va uning paxta hamda boshqa qishloq xo‘jalik xomashyosiga bo‘lgan talabini qondirish bilan bog‘liqdir.
O‘rta Osiyoda qishloq xo‘jaligi, xususan paxtachilikni rivojlantirish maqsadida taniqli, shu sohaga taaluqli olimlar yuboriladi.
Bunday olimlar qatoriga R.R.Shreder, M.M.Butuev, I.K.Negodnov, A.I. Kurbatov, Ye.A.Joripov, D.A.Sabinin va boshqalarni kiritish mumkin.
O‘rta Osiyoga mineral o‘g‘itlar birinchi marta XX asrning boshlarida aniqrog‘i 1906 yilda keltirilgan.
Qishloq xo‘jalik ekinlariga mineral o‘g‘itlarni qo‘llash borasidagi ilk tajribalar Shreder, Butuev, Negodnovlar tomonidan amalga oshirilgan. 1906-1928 yillar mobaynida 121 ta dala tajribalari amalga oshirilgan.
Bundan tashqari O‘zbekistonda agrokimyoning va agrokimyoviy tadqiqotlarning rivojlanishida O‘zbekiston Respublikasi FA tarkibiga kiruvchi Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot institutining tashkil etilishi juda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. CHunki bu ilmiy maskandan juda ko‘p taniqli tuproqshunos, agrokimyogar olimlar etishib chiqdilar va o‘zlarining ilmiy izlanishlari bilan O‘zbekistonda, O‘rta Osiyoda agrokimyoning rivojlanishiga munosib xissa qo‘shib kelmoqdalar. Bular jumlasiga D.V.Xarkov, L.M.Golodkovskiy, N.K.Bolyabov, S.A.Kudrin, J.S.Sattorov, I.N.Niyozaliev, M.Umarov, T. Zokirov, I.Turopov, Q.M.Mirzajonov, A.Rasulov, X.M.Maxsudov, T.Piroxunov va boshqa ko‘pgina tadqiqotchilarni kiritish mumkin.
O‘z-o‘zini tekshirish uchun nazorat savollari 1. Dastlabki agrokimyoviy tasavvurlar nimalarda ifodalangan edi?
2. Agrokimyo fanining rivojlanishiga xorijiy olimlar ishlarining ahamiyati?
3. O’simliklarda kechadigan fotosintez jarayonini ilk mohiyatiga qachon va
kimlar tomonidan qadam qo’yilgan edi?
4. Rossiyada o’simliklarning oziqlanishi va o’g’itlar ishlatishga doir
tekshirishlar qachon boshlangan?
5. Agrokimyo fanining rivojlanishida professor A.N.Engilgardt-ning roli.