«qxmt» kafedrasi «Qishloq xo‘jalik maxsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi» yo‘nalishidagi talabalar uchun



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə2/67
tarix29.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#104821
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
Agrokimyodan ma\'ruza matni 2017

Tuzuvchi: ass. N. Usmonov
Taqrizchi: dots. X.Shodmonov


1-ma’ruza
Mavzu:Agrokimyo fanining predmeti, maqsadi, vazifalari va o‘rganish usullari.
Reja:

  1. Agrokimyo fanining predmeti, maqsad va vazifalari.

  2. Agrokimyo fanining o‘rganish va tekshirish usullari.

  3. Agrokimyoning boshqa fanlar bilan aloqasi va ular orasida tutgan o‘rni.



Agrokimyo fani nimani o‘rganadi?
Agrokimyo fani - qishloq xo‘jalik ekinlarini etishtirish va oziqlanish jarayonida o‘simliklar, tuproq va o‘g‘it o‘rtasidagi o‘zaro munosabatni o‘rganadi.
Bundan tashqari dehqonchilikda moddalar aylanishi to‘g‘risida va olinadigan hosilni ko‘paytirishda, o‘g‘itlardan samarali foydalanish, hosilning sifatini yaxshilash hamda tuproq unumdorligini oshirish to‘g‘risidagi bir qator masalalarni o‘rganadigan fandir. Hozirgi zamon Agrokimyo fani qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri amaliy va ilmiy yordam beradigan ham biologik ham kimyoviy fandir.
Agrokimyoda o‘rganiladigan uch talablar asosiy ob’ekt - o‘simlik, tuproq va o‘g‘it bir-birlari bilan dialektik o‘zaro aloqada bo‘lib, bir-biriga ta’sir etib turadi. Bu bog‘lanishlar sistemasini D.N.Pryanishnikov uchburchak ko‘rinishda tasvirlagan, uning bir uchi o‘simlik, tuproq va o‘g‘it, qo‘sh, qarama-qarshi yo‘nalishdagi strelkalar esa bu ob’ektlarning bir-birlari bilan o‘zaro ta’sirini ifodalaydi, chunki, uchburchak markazida agrokimyo turadi.

o‘simlik
o


o o
tuproq o‘g‘it


1-rasm. Agrokimyo fanining asosiy mazmunini D.N.Pryanishnikov talqinida ifodalanishi.


O‘simliklar oziqlanish jarayonida - tuproq va o‘g‘it bilan tuproq - o‘simlik va o‘g‘it bilan, o‘g‘it-tuproq va o‘simlik bilan o‘zaro ta’sirlashadi.


Bunday o‘zaro ta’sirning sharoitlari va xarakteri olinadigan hosilning miqdorini hamda sifatini belgilaydi. «O‘simlik, tuproq va o‘g‘it orasidagi o‘zaro munosabatlarni o‘rganish, - deb yozgan edi D.N.Pryanishnikov, - hamma vaqt agrokimyogarlarning asosiy vazifasi bo‘lib kelgan».
D.N.Pryanishnikov faqat agrokimyogina tuproqning unumdorligini va qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligini oshirish uchun tegishli bo‘lgan o‘g‘itlarni solish yo‘li bilan yuqorida aytib o‘tilgan o‘zaro ta’sir etuvchi uch talablar omilga doir bilimlarning sintezi bilan shug‘ullanishini ta’kidlagan edi. O‘simliklarning oziqlanishi va o‘simlik, tuproq hamda o‘g‘itlar orasidagi o‘zaro ta’sirni o‘rganish agrokimyoning nazariy asosini tashkil etadi. Nazariy asoslarni bilish o‘g‘itlar ishlatishga doir amaliy masalalarni ijodiy xal etishga imkon beradi. Bunday masalalarni esa agrokimyo ishlab chiqadi.
O‘g‘itlarning eng samarali shakllarini, dozalari va nisbatlari, ularni har xil tuproq-iqlim sharoitida turli qishloq xo‘jalik ekinlariga solishning optimal muddatlari va usullari, o‘g‘it solishni tuproqqa ishlov berish, almashlab ekish, sug‘orish va boshqa agrokimyoviy tadbirlar bilan muvofiq ravishda birga olib borish, ana shunday masalalar jumlasiga kiradi.



Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin