O’z-o’zini tekshirish uchun nazorat savollari 1. O’g’itlarning fiziologik reaktsiyasi nima?
2. O’g’itlarning fiziologik kislotaliligi va shunday o’g’itlarinng vakillariga
qaysilar kiradi?
3. O’g’itlarning fiziologik ishqoriyligi nima va ularning vakillari?
4. Mikroorganizmlarning ahamiyati?
5. Mikroorganizmlar oziqlanishia qarab necha turga bo’linadi?
6-ma’ruza mavzu: Mineral o’g’itlar haqida tushuncha. Azotli o‘g‘itlar. reja:
Mineral o‘g‘itlar va ularning xususiyatlari.
Azotning o‘simliklar oziqlanishidagi roli.
Azotli o‘g‘itlarning turlari
Azotli o‘g‘itlarning yillik normalari.
Mineral o‘g‘itlar va ularning xususiyatlari Hamma o‘g‘itlar ikkita asosiy guruhga bo‘linadi:
Organik o‘g‘itlar
Mineral o‘g‘itlar
Bundan tashqari ishlab chiqarilishiga qarab sanoatda ishlab chiqarilgan o‘g‘itlarga va mahalliy o‘g‘itlarga bo‘linadi.
Qo‘llanilayotgan mineral o‘g‘itlarning samaradorligini oshirish, saqlashni to‘g‘ri tashkil etish, ularni bir joydan boshqa joyga olib borishda isrofgarchilikning oldini olish uchun mineral o‘g‘itlarning o‘zlariga xos fizik, kimyoviy va mexanik xususiyatlarni bilish lozim.
Bunday xususiyatlar jumlasiga mineral o‘g‘itlarning suvda eruvchanligi, gigroskopikligi, mushtlashib qolishi, namligi, donadorlik tarkibi, shuningdek donachalarning mustahkamligi va boshqalar kiradi.
Mineral o‘g‘itlarni saqlashda ularning zichlanishini, olovga va portlashga xavfli yoki xavfli emasligini, ammiak ajralib turishi kabi bir qator xususiyatlarni bilish lozim.
Mineral o‘g‘itlarning namligi. Mineral o‘g‘itlarning namligi GOST va texnik shartlarda ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlardan yuqori bo‘lmasligi kerak. Ammoniyli - azotli o‘g‘itlarning namligi 0,2-0,6 % dan oshmaslishi lozim, ammoniy nitratli va amidli o‘g‘itlarlarning esa 0,2-0,3 %, nitratli o‘g‘itlarniki 1-2 %, kaltsiy nitratniki esa 14 % dan oshmasligi lozim.
Gigroskopikligi. Mineral o‘g‘itlarning xarakterli xususiyatlaridan biri bu havodagi namlikni o‘ziga yutishidir. Gigroskopiklik 10 ballik sistema bilan baholanadi. Kuchli gigroskopik o‘g‘itlarga kaltsiy nitrat kiradi, uning gigroskopligi 9,5 ga, ammiakli selitraniki 9,3 ga, mochevina 3,6 ga, donador qo‘sh superfosfatniki 4,7 ga tengdir. Yuqori gigroskopiklik o‘g‘itlarni qovushtiradi, donachalarning mustahkamligini kamaytiradi. Sochiluvchanligi kamayadi. Mineral o‘g‘itlarning bir joydan ikkinchi joyga olib borish uchun ularning gigroskopikligi 3 ballga teng bo‘lishi va undan past bo‘lishi kerak. 4-6 ballga teng gigroskopiklikka ega bo‘lgan o‘g‘itlarni bitum shimdirilgan qatlamli qog‘oz qoplarda yoki polietilen qoplarda tashiladi. Gigroskopikligi 7-10 ga teng o‘g‘itlarni faqat germetik idishlarda saqlanishi lozim (polietilen).
Mushtlashib qotib qolishi. Mineral o‘g‘itlarning bu xususiyatlari bir qator omillarga bog‘liq. Uning namligiga, gigroskopikligiga, donadorlik tarkibiga, saqlanish sharoitlari va vaqtiga bog‘liq. O‘g‘itlarning bu xossasi 7 ballik sistema bo‘yicha baholanadi.
Kuchli mushtlashib qoladigan o‘g‘itlarga 0,2-1 mm o‘lchamli fraktsiyadagi karbomid oddiy tolqon superfosfat kiradi 7 ball, donador ammoniylashgan superfosfat, kaliy xlorid va silvinid 6 ballga teng. Karbonid 1-2, sulfat ammoniy 2-3, ammiakli selitra 2-4.
Amalda kaliy sulfat, kaliy magniziya o‘g‘itlari mushtlashib qolmaydi.
Sochiluvchanlik. Mineral o‘g‘itlarning bu xususiyatlari birinchi navbatda uning donadorlik tarkibiga, xarakatchanligiga, donalarning mustahkamligiga bog‘liq. Mineral o‘g‘itlarning bu xossalari 12 balli sistemada baholanadi. Mineral o‘g‘itlarning bu xususiyatlari ularning xar xil mexanizmlari bilan yerga sepadigan paytda ekin maydonlari yuzasiga bir tekisda sochilib tushishida muhim ahamiyatga ega.
Donadorlik tarkibi. Bu o‘g‘itlar donadorlikning o‘lchami bo‘lib xar xil o‘lchamdagi elakdan o‘tkazish yo‘li bilan aniqlanadi. Har xil fraktsiyalarning foiz miqdori o‘g‘itlarning qotib qolishi va sochiluvchanligiga ta’sir qiladi. Bir xil o‘lchamga ega bo‘lgan o‘g‘itlarni mexanizmlar bilan yerga sepilganda agregatning qamrov kengligiga mos ravishda tushadi.
Donachalarning mustahkamligi. Bu mineral o‘g‘itlarning namligiga donachalarning o‘lchami va shakliga bog‘liq. Donachalarning mustahkamligini mexanik usulda katta kuch bilan sindirish yoki parchalash bilan maxsus moslamalarda olib boriladi.