«qxmt» kafedrasi «Qishloq xo‘jalik maxsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi» yo‘nalishidagi talabalar uchun


O‘z-o‘zini tekshirish uchun nazorat savollari



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə18/67
tarix29.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#104821
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   67
Agrokimyodan ma\'ruza matni 2017

O‘z-o‘zini tekshirish uchun nazorat savollari

  1. O‘simliklar necha muhitdan oziqlanadi?

  2. Qanday oziqlanish nazariyalari mavjud va ularning tarafdorlari kimlar?

  3. O‘simliklarning havodan oziqlanishida qaysi jarayon asosiy o‘rinni egallaydi?

  4. Fotosintez jarayoni necha stadiyada kechadi?

  5. Nima uchun atmosferani karbonat angidrid gazi bilan boyitish kerak va boyitishning qanday usulari mavjud?



5-ma’ruza
Mavzu: Tuzlarning fiziologik reaktsiyasi.
O’simliklarning oziqlanishida mikroorganizmlarning roli.
Reja:
1. Tuzlarning fiziologik reaktsiyasi.
2. O’simliklarning mineral ozuqa elementlarii qabul qilishida
mikroorganizmlarning roli.
3. O’simliklarning har xil o’suv davrlarida oziqlanish sharoitiga munosabati.
4. O’simliklar oziqlanishining davriyligi.


Tuzlarning fiziologik reaktsiyalari.
O’simliklarga ozuqa moddalarning mineral o’g’itlardan qabul qilinishiga
boshqa omillar bilan bir qatorda tuzlarning fiziologik reaktsiyasi ham qiladi. O’g’it
sifatida ishlatilayotgan hamma tuzlar kimyoviy xususiyati jihatidan kislotali yoki nordon, ishqoriyli va neytral bo’lishi mumkin.
O’simliklar o’suv davrida ionlarni tanlab qabul qiladi, hatto tuproq eritmasiga solingan kimyoviy neytral tuzlarning fiziologik reaktsiyasi ham har xil bo’lishi mumkin. O’simliklarning oziqlanishida u yoki bu kation va anionlrning ahamiyati ularning qabul qilinishidagi har xil intensivligini belgilaydi. Natijada tuproq ozuqa eritmasida qolgan ionlar tuproq eritmasining nordonligini yoki ishqoriyligini belgilaydi.
O’g’itlarning fiziologik kislotaligi - bu uning muhit reaktsiyasini nordonlashtirish xususiyatidir.
Bunda o’simliklar tuz tarkibiga kiruvchi kationlardan foydalanadi. Fiziologik kislotali o’g’itlarga quyidagilar kiradi: ammoniy xlorid, ammoniy sulfat, ammoni karbonat, kaliy xlorid, kaliy sulfat - o’simliklar asosan ushbu o’g’itlar tarkibidagi ammoniy, kaliy kationlaridan foydalandi.
O’g’itlarning fiziologik ishqoriyligi - bu ularning muhit reaktsiyasini
ishqoriyligini oshirish xususiyati bo’lib, o’simliklar tuz tarkibidagi anionlardan ko’proq foydalanadiar.
Fiziologik ishqoriy o’g’itlarga quyidagilar kiradi: natriy nitrat, kaltsiy nitrat, magniy nitrat, kaliy nitrat.
Agar eritmada ammoniy xlorid bo’lsa, u holda o’simliklar tezroq va ko’p miqdorda ammoniy ionlariga almashinadi. CHunki ammoni kationi aminokislotalar, keyin esa oqsillar sintez qilinishida foydalaniladi.
SHu bilan birga xlor ionlari o’simlikka oz miqdorda kerak bo’ladian va shuning uchun uning yutilishi cheklangan bo’ladi.Bunda tupro eritmasida vodorod va xlor ionlari to’planadi, eritma esa kislotali bo’lib qoladi.
Agarda eritmada natriy nitrat bo’lsa, u holda o’simlik gidrokarbonat anionlari o’rniga ko’p miqdorlarda va tezroq nitrat anionini yutadi.
Eritmada natriy va bikarbonat anionlari to’planadi va natriy karbonat hosil
bo’ladi, eritma esa ishqoriy muhitga ega bo’lib qoladi.
Tuzlarning fiziologik reaktsiyasi o’simliklarni suvda va qumda, yani buferligi kam bo’lgan muhitda o’stirilganda va mexanik tarkibi qumoq bo’lgan yerlarga solinganda ko’proq namoyon bo’ladi.
Fiziologik kislotali tuzlardan doimiy ravishda foydalaniladi, yerlarni ohaklash lozim. Tarkibida azot bor tuzlarda birinchi navbatda o’simlikka azot o’zlashadi.
SHuning uchun azotning ammiakli tuzlari fiziologik kislotali tuzlar, selitralar esa fiziologik ishqoriy o’g’itlar hisoblanadi. Masalan, natri nitrat, kaliy nitrat, magniy nitrat, kaltsiy nitrat tarkibidagi nitrat anioni o’simlikka tez va ko’p miqdorda qabul qilinadi, eritmada esa yuqoridagi tuzlarning metall qoldiqlari qoladi.
Natijada eritmada gidrolitik ishqoriy muhit yuzaga keladiyu Tuproq ozuqa eritmaga ammoniy tuzlarining qabul qilinishi oqibatida ammoniy kationi o’simliklar tomonidan tez va ko’p miqdorda qabul qilinadi va qolgan kislota qoldiqlari kislotali muhitni yuzaga keltiradi.
Kaliyli tuzlarning fiziologik reaktsiyasi ekinlarning talabiga qarab, turlicha bo’lishi mumkin. Masalan, kaliyga kam talabchan jkinlar uchun kaliyli o’g’itlar fiziologik neytral hisoblanadi, kaliyga talabchan ekanilar uchun esa fiziologik kislotali hsoblanadi.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin