O‘simliklarning ildizdan tashqari oziqlanishi
O‘simliklaring oziqlanishida bir qism kul elementlari va azot ularning barglari orqali yutiladi, masalan, amiak va oltingugurt oksidi havodan, tuzlar esa yomg‘ir suvlaridan, shuningdek mikroelementlar ham.
Lekin odatda bunday yo‘l bilan o‘simliklarning ozuqa moddalarga bo‘lgan talabini qondirib bo‘lmaydi. Ammiak, oltingugurt oksidlari va boshqa oziq elementlari hamda mikroelementlar havoda juda kam bo‘ladi. Ildizdan tashqari o‘simliklarning oziqlanishida tuzlarning kuchsiz eritmalaridan purkash yo‘li bilan foydalanishga umid bog‘langan. Lekin o‘simliklarni bunday usul bilan oziqlantirilganda ya’ni ularga kuchsiz eritmalar purkaganda fotosintez jarayoni va boshqa organik birimalarning hosil bo‘lish jarayonlariga salbiy ta’sir qilar ekan.
Ma’lum bo‘lishicha, ko‘pchilik mineral moddalar, hatto, ular kuchsiz eritma xolida bo‘lsa ham o‘simliklarning bargini kuydirar ekan.
Shuning uchun azotli o‘g‘itlar orasida ildizdan tashqari oziqlantirishda faqat mochevinaning eritmasidan foydalanish mumkin. Bundan tashqari faqat ildizdan tashqari oziqlantirishdan o‘simliklarning normal o‘sib rivojlanishiga erishib bo‘lmaydi. Bu usul ildiz orqali oziqlantirish usuliga yordam to‘ldiruvchi omil hisoblanadi.
O‘simliklarga zarur bo‘ladigan kimyoviy elementlar
Hozirgi vaqtda ilmiy bilimlarning rivojlanishi shuni ko‘rsatadiki, 20 element o‘simliklarning oziqlanishi uchun eng zarur elementlar, 12 ta element shartli zarur elementlar hisoblanadi.
H, (Li), Na, K, Cu, (Ag)
Mg, Ca, Zn, (Sc, Cd)
B, (Al)
C, (Si, Ti, Pb)
N, P, V
‘, S, M’ (Cr, Se)
Cl, J,Mn (F)
Fe, C’, (Ni)
O‘simliklarning oziqlanishi uchun eng zarur bo‘lgan elementlarsiz o‘simliklar o‘zlarining rivojlanish tsikllarini to‘la tugata olmaydilar va ularni boshqa elementlar bilan almashtirib bo‘lmaydi. O‘simliklarning oziqlanishi uchun zarur bo‘ladigan elementlarni mikro, makro va ultromikroelementlarga bo‘lish ham mumkin.
O‘simliklarning turli organlaridagi mikroelementlarning miqdori ma’lum bir qonuniyatga mos holda tarqalgan. Maslan, marganets va molibden o‘simliklarning bargida, ruh, bor, kobalt va mis vegetativ va generativ organlarda, donli ekinlarning donida va ko‘pchilik dukkakli ekinlarning vegetativ organlarida B ko‘p miqdorda bo‘ladi.
Turli biologik guruhlarga xos bo‘lgan o‘simliklar mikro elementlarning ma’lum bir kontsentratsiyalariga bo‘lgan talabiga qarab farq qiladi.
Dostları ilə paylaş: |