«qxmt» kafedrasi «Qishloq xo‘jalik maxsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi» yo‘nalishidagi talabalar uchun



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə15/67
tarix29.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#104821
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   67
Agrokimyodan ma\'ruza matni 2017

Oziqlanish turlari
O‘simliklarning havodan oziqlanishi.
Ma’lumki o‘simliklarning quruq moddasida o‘rtacha 45 % uglerod va 42 % kislorod mavjud. O‘simliklarning uglerod va kisloroddan organik moddalar sintez qilishini manbai esa o‘simliklarning havodan oziqlanishidir. Karbonat angidrid gazi o‘simliklarga barg og‘izchalari orqali kiradi. Barg og‘izchalaridan bir vaqtning o‘zida suv ham parlanib turadi. O‘simlik barglari sathining umumiy yig‘indisi o‘zi o‘sib turgan tuproq sathidan 20-70 marta kattadir. Bu esa yashil barlarni karbonat angidrid gazi va quyosh nuri energiyasidan ko‘proq va to‘laroq taminlanishi uchun yaxshi sharoit yaratadi. Xlorofillsiz o‘simliklar quyosh nuri energiyasidan foydalana olmas edilar.
O‘simliklarning har bir kilogramm yangi bargidagi xlorofillning miqdori 1-3 grammni tashkil etadi yoki 25 sm/kv barg plastinkasida esa 1 mg. ni tashkil etadi.
YOzning yorug‘ bir kunida o‘simlik bargi 25 % gacha yangidan organik moddani to‘laydi, shunday esa 5-10% ni nafas olish uchun sarflaydi. O‘simliklar nafas olish jarayonida hosil bo‘layotgan uglevodlarning 15-20 % dan 30-50 gachasini oksidlaydi.
O‘simliklarda kechadigan fotosintez jarayoni natijasida ulevodlar bilan organik kislotalar aminokislotalar va oqsillar paydo bo‘ladi.
Fotosintez jarayonida ishtirok etayotgan mineral elementlardan azot va oltingugurtdan tashqari fosfor ham iste’mol qilinadi va natijada fosolitserin kislota va saxarofosfatlar hosil bo‘ladi. Bundan tashqari xlorofill tarkibida 2,7 % gacha magniy ham bo‘ladi. O‘simliklardagi kaliy ham muxim vazifani bajaradi, ya’ni uglevodlarni barg plastinkalaridan o‘simlikning boshqa organlariga xarakatlantiradi.
Agar o‘simliklarda temir etishmasa xlorofilning hosil bo‘lishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Fotosintez jarayonida quyosh nuri energiyasi kimyoviy energiyaga aylanadi va fotokimyoviy reaktsiyalar energiyasi hisobiga yangi organik birikmalar sintez qilinadi.
Fotokimyoviy reaktsiyalar natijasida ATF hosil bo‘ladi. Uzoq vaqtlar fotosintez jarayoni uchun sarflangan quyosh energiyasi karbonat angidrid gazini parchalaydi. Atmosferaga kislorodning ajralib chiqishiga va uglerodning suv bilan birikishiga sarflanadi, deb aytiladi. Fotosintez jarayonining dastlabki mahsuloti formaldegid deb hisoblanadi. Ammo formaldegid o‘simliklarda hech qachon uchratilmagan.
A.P.Vinogradov 1941 yilda bu masalani oydinlashtirdi. U izotop usuli yordamida fotosintez jarayonida o‘simliklar tomonidan ajralib chiqarilayotgan kislorod suvning parchalanishi natijasida hosil bo‘ladi, karbonat angidridning parchalanishi natijasida emasligini isbotladi. Keyinchalik fotosintez jarayonini 2 stadiyada sodir etilishi aniqlandi. Shulardan birinchisi fotosintez yorug‘likda sodir bo‘ladi, suv parchalanadi va kislorod ajralib chiqadi hamda vodorod ishtirokida qaytadan hosil bo‘lgan birikmalar vujudga keladi. Ikkinchi stadiyasi qorong‘uda sodir bo‘ladi va bunda karbonat angidrid assimilyatsiya qilinib har xil organik birikmalar hosil bo‘ladi.
O‘simliklarning quyosh nuri energiyasidan foydalanish koeffitsientini oshirish uchun yuqori hosilli ekinlarni ekish va qayta ekishni joriy etish lozim. Hashaki ildizmevali ekinlarning quyosh nuridan foydalanish koeffitsienti 1,98 %, kartoshkaniki 2,38 %, g‘alla ekilarida 2,42 - 2,74 %, lyupinda 4,79 % ni tashkil etadi. Har yili butun yer yuzasida o‘simliklar 400 mlrd tonna organik moddani sintez qiladi. Agar atmosferani karbonat angidrid gazi bilan to‘ldirib turilmasa, taminan 4-5 yil mobaynida to‘lig‘icha u yashil o‘simliklar bilan birikadi.
O‘simliklar uchun karbonat angidrid gazi o‘suv davrida kerak bo‘ladi, shuning uchun havoni karbonat angidrid gazi bilan boyitish lozim.
Atmosferada karbonat angidrid gazi umumiy hajmiga nisbatan 0,03 % ni tashkil etadi. Bu 1 l suvda 0,5565 mg. ga to‘g‘ri keladi. Yer yuzasiga yaqin bo‘lgan 1 m qalinlikdagi havo qatlamida 1 gektar maydon ustidagi karbonat angidrid miqdori 5-6 kg. ni tashkil etadi. Bu o‘simliklarni talabiga nisbatan juda ozdir. Masalan, qand lavlagidan har gektar maydondan 400 ts hosil olish uchun 1 kunda tez rivojlanayotgan paytda 1 ga uchun 300 kilogramm karbonat angidrid gazi kerak.
Karbonat angidrid gizining miqdonini ko‘paytirish uchun ko‘p miqdordagi organik o‘g‘itlardan foydalanish lozim. Organik o‘g‘itlarning parchalanishi natijasida juda ko‘p miqdorda karbonat angidrid gazi ajralib chiqadi. Har 1 ga uchun 20-30 t o‘g‘it solinganda uning parchalanishi natijasida atmosferaga 5-7 t karbonat angidrid gazi chiqadi. Agar atmosferadagi karbonat angidrid gazining miqdori 0,01 % dan kamaysa, o‘simliklarda fotosintez jarayoni to‘xtaydi.



Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin