«qxmt» kafedrasi «Qishloq xo‘jalik maxsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi» yo‘nalishidagi talabalar uchun


o‘simliklarning ildiz orqali oziqlanishi



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə16/67
tarix29.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#104821
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   67
Agrokimyodan ma\'ruza matni 2017

o‘simliklarning ildiz orqali oziqlanishi
Tuproqdan azot va boshqa kul elementlari o‘simliklarni ildiz sistemasining faol yuzasi orqali ionlar holida yutiladi. Masalan, azot, natriy anioni va oltingugurt fosfat sulfat kislotalarining anionlari holida kaliy, kaltsiy, magniy, natriy, temirlar, kationlar holida, mikroelementlar esa tegishli kation va anionlar holida yutilishi mumkin. O‘simliklar ionlarni faqat tuproq eritmasidangina emas, balki kolloidlarga yutilgan ionlarni ham o‘zlashtiradi.
Bundan tashqari o‘simliklar tuproqning qattiq fazasiga aktiv ta’sir etib, zaruriy oziq-moddalarni o‘zlashtiradigan shaklga aylantiradi. Ildiz sistemasining baquvvatligi, uning tuzilishi va tuproqda tarqalish xarakteri o‘simliklarning har xil turlarida keskin farq qiladi.
Ildiz morfologiyasi ildiz sistemasining shakllanishi dinamikasi uning rivojlanish darajasi va tuproqda qanchalik chuqur kirib borishi avvalo o‘simliklarning biologik xususiyatlari bilan belgilanadi, lekin ildiz sistemasining morfologiyasidan va rivojlanish xususiyatlaridan qatiy nazar barcha o‘simliklarda ildizlarning massasi chuqur kirib borgan sari kamayadi. Ularning umumiy yuzasi esa ortadi.
Ildiz sistemasining aktiv qismi o‘sayotgan yosh ildizchalardan iborat bo‘ladi. Tuproqdan mineral oziq elementlari ana shular orqali yutiladi.
Har bir ildizcha o‘sa borishi bilan uning yuqorigi qismi yo‘g‘onlashib, tashqi tomonidan po‘kaklangan to‘qima bilan qoplanadi va oziq-moddalarni yutish xususiyatini yo‘qotadi. Ildiz sistemasining o‘sish tezligi va rivojlanish xarakteriga tuproqning fizik xossalari, unda namlikning va oziq-moddalarning taqsimlanishi katta ta’sir ko‘rsatadi. O‘simliklarning kuchli tarmoqlangan ildiz sistemasi tuproqda nihoyatda katta yutish sathini hosil qiladi. Uning kattaligi o‘simliklarning vegetatsiya davrida o‘zgarib turadi va ko‘pincha gullash davrida maksimumga etadi. O‘simliklarni oziq-moddalarni yutish jarayonini tushunib olish uchun ildizning birlamchi tuzilishini ko‘rib chiqish lozim.
O‘simlik ildizi ildiz qini bilan himoyalangan uchidan boshlab o‘sadi. Ildizchalarning uchiga bevosita yaqin joyda bo‘linuvchi meristematik hujayralar zonasi joylashadi. Uning yuqorisida cho‘zilish zonasi bo‘ladi. Bu yerda hujayralar sistemasining kattalashishi va ularda markaziy vakuola hosil bo‘lishi bilan birga o‘tkazuvchi to‘qimalarning differentsiatsiyasi boshlanadi. CHo‘zilish zonasida o‘simliklar naychali o‘tkazuvchi sistemasini shakllangan pastlab boruvchi qismi floema bo‘ladi, organik moddalar yer ustki organlaridan ildizga ana shu floema orqali o‘tadi, so‘ngra o‘sayotgan ildiz uchidan 1-3 mm masofada ildiz tolalari hosil bo‘lish zonasi joylashadi. Bu zonada o‘tkazuvchi sistemalarning yuqorilab boruvchi qismining ksilemaning shakllanishi tugaydi. Ana shu qism orqali suv shuningdek yutilgan ionlarning va ildiz sintezlangan organik birikmalarning bir qismi ildizdan o‘simlikning yer ustki qismiga o‘tadi.
Ildiz tolalari hosil bo‘lishi tufayli ildiz sistemasining tuproq bilan kontaktda bo‘lgan oziq-moddalarni yuta oladigan faol yuzasi keskin o‘nlab marta kattalashib ketadi. Ildiz uchidan boshlab ildiz tolalari hosil bo‘lish zonasi tugaydigan joyga qadar hujayraning tashqi tsellyuloza qobig‘ida kutikulalar bo‘lmaydi va oson singdiruvchan bo‘ladi. Ildiz kutikulasiz huddi ana shu qismi tuproqdan oziq moddalarni yutishda ishtirok etadi.
Ionlarning eng intensiv yutilishi ildiz tolalarining hosil bo‘lish zonasida sodir bo‘ladi va ildizga o‘tgan ionlar bu yerdan o‘simlikning yer ustki organlari tomon harakatlanadi. Shuni takidlash kerakki, ildiz faqat yutish organi bo‘libgina qolmay, balki ayrim organik birikmalarni, shu jumladan oqsillar va aminokislotalarni sintez qilish organi hamdir.
Ildiz o‘sa borishi bilan tuproqdagi aktiv yutilish zonasining uzluksiz ravishda siljishi sodir bo‘ladi. Bunda xemotropizm hodisasi ro‘y beradi. Uning mohiyati shundan iboratki, o‘simlikning ildiz sistemasi o‘zlashtiriladigan oziq-moddalar joylashgan yo‘nalishda tez o‘sadi. Bu musbat xemotropizmdir. O‘simliklar ildiz sistemasining o‘sishi ular uchun noqulay bo‘lgan ko‘p tuz to‘plangan zonada to‘xtab qoladi. Bu manfiy xemotropizmdir.
O‘sayotgan yosh ildizchalar tuproq eritmasidan ionlarni o‘z atrofidagi radiusi 20 mm ga yaqin tuproq hajmidan almashinib yutiladigan ionlarni esa 2-8 radiusli tuproq hajmidan tortib oladi. O‘simliklarning ildizlari orqali oziq-moddalar yutilishi passiv va aktiv yo‘l bilan sodir bo‘ladi. Bunda aktiv yutilish etakchi rol o‘ynaydi.
Passiv yutilish. Suvning bug‘lanishi natijasida barg hujayralarida so‘ruvchi kuch vujudga keladi. Bu kuch ildizlarning tuproqdan suvning yutilishiga sabab bo‘ladi. So‘ruvchi kuch osmotik bosim bilan turgor bosim orasidagi farqdan paydo bo‘ladi. O‘simlik suvni qanchalik ko‘p yo‘qotsa, barglardagi hamda ildiz sistemasidagi osmotik bosim shuncha yuqori, o‘simlikning so‘rish kuchi shuncha katta bo‘ladi. Gidrostatik sistema ksilemaning erkin bo‘shlig‘i bilan tutashgan hujayralarning erkin bo‘shlig‘idan iborat. Erkin bo‘shliq deganda hujayralarning mineral elementlar diffuziya yo‘li bilan ionlar holida kira oladigan bo‘shlig‘i tushuniladi.
Suv va mineral birikmalarning yuqorilab boruvchi oqim bilan yutilishi va xarakatida transpiratsiya bilan bir qatorda ildiz bosimi kattaligi ham muhim ahamiyatga ega.
Ildiz po‘stlog‘ining parenxima hujayralari suv bilan unda erigan moddalarni o‘tkazuvchi naychali sistemaga aktiv haydaydi va anchagina gidravlik bosim hosil qiladi.
Aktiv yoki metabolik yutilish.
O‘simliklarga ayrim oziq elementlari tuproq eritmasidagi miqdoriga nisbatda o‘tadi. Elementlarning tevarak atrof-muhitdagi kontsentratsiyasi hatto bir xil bo‘lganda ham ba’zi elementlarni ildizlar ko‘p miqdorda boshqalarini esa kamroq miqdorda yutadi. O‘simliklarning oziqlanishi tanlab yutish harakteriga ega.
O‘simliklarning oziq moddalarni yutishi ildizlarning tuproq eritmasini undagi tuzlar bilan birgalikda passiv ravishda so‘rishdangina iborat bo‘lmay, balki aktiv fiziologik jarayondir. Bu jarayon o‘simliklarning ildizlari va yer ustki organlarining hayot faoliyati bilan fotosintez, nafas olish hamda moddalar almashinuvi jarayonlari uzviy ravishda bog‘liq.
O‘simliklarning tuproq eritmasidan oziq moddalarning yutilishini dastlabki bosqichi ildizning yutuvchi yuzasida ionlarning adsorbtsiyalanishi doimo tiklanib turadi. Chunki adrobtsiyalangan ionlar ildiz hujayrasi ishlab chiqarishiga to‘xtovsiz ravishda kirib turadi. Hujayralarga kirgan ionlar o‘zgarmas holatda yoki ildizda sintezlangan organik birikmalar shaklida yer ustki organlariga poya va barglarga ular eng intensiv assimilyatsiyalanadigan joylarga siljiydi. Oziq moddalarni ildizlarga yutilishi va keyingi harakati o‘simliklar organizmida moddalar va energiya almashinuvi jarayonlari bilan yer ustki organlarining ham ildizlarning ham hayot faoliyat va o‘sishi bilan bog‘liq.
Nafas olish jarayoni mineral oziq elementlarining aktiv yutilishi uchun zaruriy energiya manbai hisoblanadi. Ildizlarning o‘sishi yomonlashganda va nafas olish jarayoni sekinlashganda oziq moddalarning yutilishi keskin kamayadi.
Ildizlarning normal o‘sishi va rivojlanishi hamda nafas olish jarayoni uchun ularga yer ustki organlaridan energetik material fotosintez jarayoni mahsulotlari doimo kelib turishi zarur.
Fotosintez jarayoni susayganda ildizda assimilyatsiyalarning hosil bo‘lishi va harakatlanishi kamayadi, natijada ularning hayot faoliyati yomonlashadi va tuproqdan oziq moddalarning yutilishi kamayadi.



Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin