«qxmt» kafedrasi «Qishloq xo‘jalik maxsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi» yo‘nalishidagi talabalar uchun



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə25/67
tarix29.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#104821
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   67
Agrokimyodan ma\'ruza matni 2017

azotli o‘g‘itlarning turlari
Hozirgi vaqtda quyidagi azotli o‘g‘itlar ishlab chiqariladi:

  1. nitratli azotli o‘g‘itlar - natriy nitrat, kaltsiy nitrat

  2. ammoniyli va ammiakli azotli o‘g‘itlar - ammoniy sulfat, ammoniy xlorid, ammiakning suvdagi eritmasi.

  3. ammiak nitratli - ammiakli selitra, ohak - ammiakli selitra, suyuq ammiakatlar.

  4. amidli azotli o‘g‘itlar - mochevina kaltsiy tsianidi.




  1. Natriyli azotli o‘g‘itlar ularga asosan natriy nitrat va kaltsiy nitrat tuzlari kiradi.

Uzoq vaqtgacha bu guruhning yagona vakili CHili selitrasi bo‘lib, u tabiiy holda qazib olingan. Atmosfera azotini bog‘lash usuli kashf etilishi munosabati bilan hozirgi kunda sintetik selitra ishlab chiqarilmoqda.
Natriyli selitra - uning tarkibidagi azotning miqdori 15-16 % ni tashkil etib, 26 % natriy bo‘ladi.
Kaltsiyli selitra - tarkibida 13-15 % azot bor. Bu selitra 40-48 % li nitrat kislotani mel yoki ohak bilan neytrallash yo‘li bilan olinadi. Natriy nitrat va kaltsiy nitrat tuzlari tuproq eritmasida tezda eriydi va bu selitralar tuproqni singdirish kompleksi bilan almashinuvchi reaktsiyaga kirishadi.
Natriy va kaltsiy kationlarini tuproq singdiradi. Tuproq singdirish kompleksidan kaltsiy va vodorod kationlari tomonidan siqib chiqarilgan nitrat kislota anioni kaltsiy nitrat va nitrat kislotani hosil qiladi. Natriyli va kaltsiyli selitralar ildizmevali ekinlarga ishlatiladi. Bu o‘g‘itlar chimli podzol tuproqlarda yaxshi samara beradi. Bu o‘g‘itlarni kuzgi ekinlarni va chopiq talab ekinlarni ekishdan oldin, ekish bilan birga qatorlarga va oziqlantirishda qo‘llaniladi.
Natriyli selitra ayniqsa qand lavlagining urug‘ini ekish bilan birga solinganda yashi samara beradi.
CHimli podzol tuproqlarda kaltsiy nitratning ishlatilishi va samaradorligi bo‘yicha oldingi o‘rinda turadi. Bu tuproqda kaltsiyli selitra solinganda TSK kaltsiy bilan boyiydi. Tuproq eritmasida kaltsiy bikarbonat hosil bo‘ladi va natijada tuproq kislotaliligini netrallaydi. Natriyli selitrani sho‘rlangan va sho‘rtob yerlarga solinishi tavsiya etilmaydi.

  1. Ammoniyli va ammiakli azotli o‘g‘itlar jumlasiga ammoniy sulfati kiradi. Tarkibidagi azoti 20,5-21 % ni tashkil etadi. Ammoniy sulfat dunyoda ishlab chiqarilayotgan azotli o‘g‘itlarning 25 % ni tashkil etadi. Ammoniy sulg‘fat suvda yaxshi eriydi. Suyuqlanganda qotib qolmaydi. Gigroskopikligi uncha katta emas. Sochiluvchanligi yaxshi kristal ko‘rinishidagi tuz, rangi oq, namligi 0,2-0,3 % dan oshmasligi lozim.

Ammoniy sulfat tarkibidagi azoti 16 % dan kam emas. Rangi sariq. Natriy sulfat, 20-25 % ni, natriy oksidi 9 % ni tashkil etadi.
Ammoniy xlorid tarkibidagi azoti 24-25 %, xlori esa 66,6 % ni tashkil etadi. Suvda yaxshi eriydi, gigroskopikligi kam, saqlanganda qotib qolmaydi.
Ammoniy karbonat - tarkibidagi azoti 21-24 %, ochiq havoda ammiak ajralib turadi va tezda ammoniy bikarbonatga aylanadi.
Ammoniy bikarbonat - tarkibida 17 % ga yaqin azot bor. tuproqqa solingan ammoniy sulfat tezda eriydi va tuproqni qattiq fazasidagi kationlar bilan almashinish reaktsiyasiga kirishadi.
Tuproq tarkibida erigan o‘g‘itning ammoniy kationi tuproqni singdirish kompleksiga o‘tadi, eritmada esa ekvivalent miqdorda boshqa kation qoladi.
Singdirilgan ammoniy kationi o‘simliklar tomonidan yaxshi o‘zlashtiriladi.
Nitrifikatsiya jarayoni natijasida ammoniy sulfatning azoti nitrat shakliga o‘tadi. Nitrat shaklidagi azot tuproq, kolloid zarrachalariga singimaydi. Erimaydigan tuzlar hosil qilmaydi. Tuproq eritmasiga qoladi. Bu esa o‘simliklarning ildizidan tezda qabul qilinishiga sharoit tug‘diradi. bu o‘g‘itlarni kislotali muhitga ega bo‘lgan tuproqlarda qo‘llashni tavsiya etilmaydi.


Suyuq ammiakli o‘g‘itlar.

  1. Suvsiz ammiak - tarkibidagi azoti 82,3 % ni tashkil etib, eng yuqori kontsentratsiyali o‘g‘it hisoblanadi. Gaz holidagi ammiakni suyultirish yo‘li bilan olinadi. Ochiq idishda saqlash mumkin emas.

  2. Ammiakli suv yoki ammiakning suvdagi eritmasi. Ikki xil navda ishlab chiqariladi. 1 navidagi azot 20,5 %, 2-navidagi azot - 16,4 % ni tashkil etadi.

  3. Ammiak - nitratli azotli o‘g‘itlarga ammiakli selitra kiradi. Tarkibidagi ham ammiakli ham nitratli azoti 34,6 % ni tashkil etadi. 56-60 % li nitrat kislotasini gaz holida ammiak bilan neytrallash natijasida olinadi.

Ammiakli selitrani ajratib olish uchun eritma 95-98 % gacha parlatiladi. Qayta kristallanadi va quritiladi.

  1. Amid shaklida azoti bor o‘g‘itlar. Bunday o‘g‘itlar jumlasiga mochevina kiradi, uning tarkibidagi azoti 46 % dan kam emas. Mochevina karbonat angidrid gazi bilan ammiakni yuqori bosim va harorat ishtirokidagi o‘zaro ta’siri natijasida olinadi.

Mochevina oq rangli kristall modda, hozirgi vaqtda donador qilib ishlab chiqarilmoqda. Suvda juda yaxshi eriydi. Gigroskopikligi 20 % gacha uncha katta emas, lekin haroratning ko‘tarilib borishi natijasida uning bu xususiyati kuchayib boradi.
Donador mochevina qotib qolmaydi. Saqlanish davrida sochiluvchanligi yaxshi saqlanadi. Donachalarining ustki qatlami yupqa yog‘ qatlami bilan qoplanadi. Mochevinani donadorlashtirish maqsadida yuqori harorat ta’sirida biuret moddasi hosil bo‘ladi.
Biuretning miqdori mochevina tarkibida 3 % dan oshmasligi lozim. Biuret zaharli modda bo‘lganligi uchun 3 % dan ortib ketsa, o‘simlikni halok qiladi.
Kaltsiy tsianamid tarkibida 20-22 % azoti bor. Texnik maxsulot sifatida uning tarkibiga 58-60 % katsiy tsianid, 20-28 % kaltsiy oksid, 9-12 % ko‘mir va oz miqdorda kremniy kislota, temir oksidi, alyuminiy oksidi va kaltsiy karbidi kiradi. Kaltsiy tsianidning tashqi ko‘rinishi engil mayda qora yoki to‘q kulrang poroshok. U bilan ishlaganda ehtiyot bo‘lib ishlash lozim. CHunki teriga va ko‘zga tushsa kuydiradi.
Kaltsiy tsianid tuproqqa solingandan so‘ng gidrolizga uchraydi va TSK bilan o‘zaro ta’sirga kirishadi.
Hosil bo‘lgan tsianid o‘simliklar uchun zaharlidir. Lekin u tezlik bilan mochevinaga aylanadi.
Kaltsiy tsianamid ishqoriy reaktsiyali o‘g‘itdir, chunki uning tarkibida kaltsiy oksidining aralashmalari bor.
Kaltsiy tsianamidning o‘simliklarga zararli ta’sirini yo‘qotish uchun bahorda uni yerga ekishdan 7-10 kun oldin solish lozim yoki kuzda haydov ostiga solish zarur.



Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin